Ayanchli hodisa: Toshkentda ikki nafar voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan ota hibsga olindi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ikki nafar voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etganlikda gumonlanayotgan erkak hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Batafsil.uz nashriga ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi hamda 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov doirasida jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tekshirilmoqda. Shuningdek, sud-psixiatriya va sud-psixologik ekspertizalari tayinlangan. Ekspertiza xulosalari olingach, ishni sudga yuborish masalasi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar voyaga yetmagan qizning onasi turmush o‘rtog‘ini farzandlariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda gumon qilayotgani haqida murojaat e’lon qilingan edi. Ayolning bildirishicha, u bu holatdan 2026 yil 25 iyul kuni xabar topgan va shu munosabat bilan prokuraturaga ariza bilan murojaat qilgan.
Bolalar ombudsmani vakili ham mazkur ishni nazoratga olganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, tergov davomida voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi kuzatib borilmoqda.
Ayni paytda ish yuzasidan tergov davom etmoqda. Gumon qilinayotgan shaxsning aybi sud tomonidan tasdiqlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…