Foto: Reuters
Donald Tramp AQSH prezidentlik saylovi oldidan vitse-prezident Kamala Harris bilan yana bir bor debat o‘tkazishdan bosh tortdi, deb yozdi Reuters.
Avvalroq, Demokratik partiya nomzodi 23 oktyabr kuni CNN telekanalida respublikachi raqibi bilan o‘zaro qarama-qarshilikka rozi bo‘lgan edi.
«Vitse-prezident Harris Donald Tramp bilan sahnani baham ko‘rish uchun yana bir imkoniyatga tayyor va u 23 oktyabr kungi debatga CNN taklifini qabul qildi. Donald Tramp bu munozaraga ko‘nishida muammo bo‘lmasligi kerak», degan edi Harrisning saylovoldi tashviqoti raisi Jen O'Melli Dillon.
Tramp 5 noyabrdagi saylov oldidan yangi debatlar bo‘lmaydi, degan avvalgi fikrida qoldi.
«Yangi bahsning muammosi shundaki, endi juda kech. Ovoz berish allaqachon boshlandi», dedi AQSH sobiq prezidenti Shimoliy Karolina shtatining Uilmington shahrida o‘tkazilgan mitingda.
Harris va Tramp ilk bor 10 sentyabrdagi debatda uchrashgan va so‘rovlar Demokratik partiya vakili g‘alaba qozonganini ko‘rsatgan edi.
Tramp iyun oyida prezident Jo Bayden bilan ham debat o‘tkazdi va ko‘pchilik uning g‘alaba qozonganini tasdiqlagandan keyin, Bayden saylov kampaniyasini tark etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi