13:08 / 24.09.2024
44

Rossiyada maktab o‘quvchisi bolg‘a va pichoq bilan sinfdoshlariga hujum qildi

Rossiyada maktab o‘quvchisi bolg‘a va pichoq bilan sinfdoshlariga hujum qildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Irkutsk oblastining Balagansk poselkasida maktab o‘quvchisi bolg‘a va pichoq bilan sinfdoshlariga hujum qildi. Bu haqda 23 sentyabr, dushanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bir nechtasi jismoniy tarbiya darsi oldidan kiyinish xonasida kiyim almashtirayotgan paytda unga boshqa bir o‘quvchi bostirib kirib, sinfdoshlaridan birining orqasidan bolg‘a bilan hujum qilgan va uning boshiga urgan. Jabrlanuvchini himoya qilishga uringan yana ikki o‘quvchi qo‘lidan jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hujumchini zararsizlantirgan. Jabrlanganlarning hayoti xavf ostida emas: ular yengil tan jarohatlari olgan.

Hujum sabablari aniq emas

Politsiya xodimlari hujumchi - 13 yoshli Artem B. bilan ishlamoqda. Uning harakati sabablari haqida hech narsa ma’lum emas. Voqeadan so‘ng Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi ikki yoki undan ortiq voyaga yetmaganlarni o‘ldirishga urinish, shuningdek, loqaydlik moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, maktabni vaxter qo‘riqlagan; binoda turniket yoki metall qidiruvchi vositalar bo‘lmagan.

Bir hafta ichida ikkinchi hujum

16 sentyabr kuni Chelyabinskdagi 68-sonli korreksion maktabda o‘smir boshqa o‘quvchilar va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki qiz va 13 yoshli bola, shuningdek, o‘qituvchi jabrlangan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi yonida bolg‘adan tashqari pichoq va pnevmatik to‘pponcha ham bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada maktab o‘quvchisi bolg‘a va pichoq bilan sinfdoshlariga hujum qildi