Foto: @RTErdogan / Twitter
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Nyu Yorkda Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada Anqara Ukrainada g‘alla kelishuvini qayta tiklash va o‘t ochishni to‘xtatish uchun harakat qilishini ma’lum qildi.
BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etish uchun AQSHga tashrif buyurgan Erdo‘g‘an va Zelenskiy uchrashuvi Nyu Yorkdagi “Turk uyi”da bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, urush va tinchlik sa’y-harakatlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilingan. Shuningdek, Erdo‘g‘on Turkiyaning Ukraina—Rossiya urushini muloqot orqali, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilgan holda tugatish mumkinligiga har doim ishonganini aytgan.
Turkiya rahbarining idorasi mamlakat ushbu maqsadga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini ta’kidlagan.
“Prezident Erdo‘g‘on Turkiya adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun vositachilikni o‘z ichiga olgan barcha choralarni ko‘rishga tayyorligini va Qora dengiz don tashabbusini jonlantirish hamda Ukraina va Rossiya o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun sa’y-harakatlar davom etishini aytdi”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar