Foto: BBC
Nigeriya janubi-g‘arbida sher voler qulfini yopmagan hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, 35 yoshli marhum Nigeriya sobiq prezidenti Olusegun Obasanjoga tegishli Yovvoyi tabiat bog‘ida ishlab kelgan. Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, «sher erkakning bo‘yin qismiga halokatli jarohatlarni yetkazgan». Hayvonot bog‘i xodimini yirtqichning changalidan ozod etish uchun sher otib tashlangan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyatining ta’kidlashicha, xodim 28 sentyabr kuni hayvonot bog‘i yopilganida bir necha mehmonni sherga ovqat berish jarayonini tomosha qilish uchun olib borgan. «Hayvonot bog‘i xodimi o‘ziga ishonib yuborib, qafasni ochiq qoldirgan va yirtqichni oziqlantirishga kirishgan. Sher esa uni g‘ajib tashlagan», — deydi mas’ullar.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Hindistonning Bannergxatta milliy bog‘ida oq yo‘lbarschalar volerni tozalayotgan xodimni g‘ajib tashlagan. The Times of India xabariga ko‘ra, bog‘ xodimi va uning yordamchisi yo‘lbarslar saqlanayotgan volerni bo‘m-bo‘sh deb o‘ylagan. Biroq, u yerda ona yo‘lbars ikkita yo‘lbarsvachcha bilan dam olayotgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”