22:22 / 04.10.2024
40

Lukashenko: “Prezident vertolyotiga hujum uyushtirish urushga olib keladi”

Lukashenko: “Prezident vertolyotiga hujum uyushtirish urushga olib keladi”
Foto: Reform.news
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun Pinsk viloyatidagi Parokxonsk qishloq xo‘jaligi shaharchasiga tashrif buyurdi. Lukashenko u yerga vertolyotda uchgan.

Prezidentning parvoz vaqtida Belarus havo hududida dronlar kuzatilgan. Biroq Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u bundan xavotir olmagan. Belarus prezidenti dronlar qaysi davlatga tegishli ekanligini ochiqlamadi.

Bu mening muammolarim emas, bu xavfsizlik xizmatining muammolari. Dronlar qayerga uchishi va prezident vertolyoti qayerga uchmasligi kerakligini ular hal qilsin. Men bunga shunday munosabatdaman”, dedi Aleksandr Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Pinsk viloyatiga parvoz bir soatga kechiktirilgan, biroq bunga ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Dronlar “g‘ayrioddiy past balandlikda” uchib kelgan. Biroq ular Belarus prezidentining parvoziga xalaqit bermagan.

Men bundan unchalik tashvishlanmayman. Keyin bilasizmi, prezident vertolyotini urib tushirish urushga olib keladi. Bunday urush ukrainaliklarga kerak emas”, dedi Lukashenko.

5 sentyabrga o‘tar kechasi Belarus Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududida bir nechta dronlar borligi haqida xabar berdi. Barcha dronlar urib tushirildi. Ulardan birining qulashi Gomeldagi g‘isht omborida yong‘inga olib keldi.

Hech kim jabrlanmadi. Vazirlik urib tushirilgan dronlar qaysi davlatga tegishli ekanligini ochiqlamadi. Avgust oyida Aleksandr Lukashenko Ukraina Qurolli kuchlarining bir necha dronlari mamlakat osmonida urib tushirilganini aytgan edi. U Ukraina rasmiylarini provokatsiya qilishda va kelishuvlarni buzishda aybladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko: “Prezident vertolyotiga hujum uyushtirish urushga olib keladi”