date
views 194

“Rossiya uchun yomon stsenariy”. Saudiya valiahd shahzodasi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortdi

“Rossiya uchun yomon stsenariy”. Saudiya valiahd shahzodasi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortdi
Foto: Reuters
Rossiyaning neft bozorida Kremlning asosiy hamkori boʻlgan Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarida “asal oyi” tugashi mumkin. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon 22-24 oktyabr kunlari Qozonda boʻlib oʻtadigan BRIKS sammitiga tashrif buyurish taklifini qabul qilmadi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sentyabrda “Rossiya tarixidagi eng muhim tashqi siyosiy voqea” sifatida qaralgan sammitda Saudiya qirolini koʻrishni xohlashini aytgandi. Ammo Ar-Riyod rad javobini bergan.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirini yuboradi”, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Shahzodaning qarori nima bilan bogʻliqligiga aniqlik kiritilmagan. Ammo Gʻarb davlatlari Rossiyaning “hamkorlari”ga bosim oʻtkazayotgani, agar u Qozonga borsa, buning oqibatlari bilan tahdid qilayotgani aytilmoqda.

Sanktsiyalarga qoʻshilmagan Saudiya Arabistoni urush boshlanganidan soʻng ham neft bozorida Kremlning asosiy ittifoqchisi boʻlib qoldi. 2022 yil kuzida Jo Bayden administratsiyasi Saudiya Arabistonini embargo ostidagi Rossiya neft barrellari oʻrniga qazib olishni koʻpaytirishga undagan boʻlsa-da, bin Salmon Putin bilan ittifoqqa sodiq qoldi va aksincha kunlik etkazib berishni 2 million barrelga kamaytirdi.

Maqsad narxni bir barrel uchun 100 dollarga yaqin ushlab turish edi. Ammo oradan ikki yil oʻtib, Ar-Riyoddagi kayfiyat oʻzgara boshladi.

Qirollik bozordagi ulushining pasayishidan xavotirda va narxlarning pasayishiga uzoq vaqt chidashga toʻgʻri kelsa ham, ishlab chiqarishni koʻpaytirish siyosatiga oʻtmoqchi”, dedi Financial Times’ning vaziyat bilan tanish manbalari.

Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Salmon OPEK+ karteliga a'zo ba'zi davlatlar, xususan Qozogʻiston va Iroq, oʻz kvotalarini bajarmayotgani haqida ma'lum qildi. U barrel narxi 50 dollargacha tushib ketishi mumkinligi bilan tahdid qildi.

London iqtisodiyot maktabi ilmiy xodimi Lyuk Kuperning ta'kidlashicha, Rossiya uchun bu ehtimoliy stsenariylardan eng yomoni. Neft kotirovkalarining 2014-2016 yillar darajasiga tushib ketishi Putinga “uning harbiy mashinasini moliyalashtirish”ni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.

Saudiya Arabistoni, Rossiyadan farqli oʻlaroq, arzon neftdan osonroq foydalanishi mumkin”, deb tushuntiradi Kuper.

Arabiston choʻlidagi konlar abadiy muzlikdagi Sibir konlariga qaraganda er yuzasiga ancha yaqin, shuning uchun Saudiya barrellarining tannarxi pastroq. Bundan tashqari, Ar-Riyod ishlab chiqarishni osongina va tezda koʻpaytirishi va narx yoʻqotishlarini hajmlar orqali qoplashi mumkin, dedi u.

Hozirda Saudiya Arabistoni kuniga 8,9 million barrel neft qazib olmoqda, bu 2011 yildan buyon eng past koʻrsatkich hisoblanadi. Dekabr oyidan boshlab qirollik har oy bozorga kuniga 83 ming barrel qoʻshib boradi va 2025 yil dekabr oyi oxiriga kelib, etkazib berishni kuniga 1 million barrelga oshiradi. Financial Times manbalariga koʻra, agar OPEK+ mamlakatlari belgilangan kvotalarga amal qilmasa, qazib olish hajmi bundan ham tezroq oʻsishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Rossiya uchun yomon stsenariy”. Saudiya valiahd shahzodasi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortdi