Foto: AFP
Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sammitining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yakuniy deklaratsiya qabul qilindi, unda ishtirokchilarning asosiy jahon muammolari bo‘yicha umumiy pozitsiyalari qayd etildi.
«Biz umumiy manfaatlarimiz va asosiy ustuvorliklarimizdan kelib chiqqan holda BRICS mamlakatlari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish hamda strategik sherikligimizni yanada kengaytirish muhimligini yana bir bor tasdiqlaymiz», deyiladi hujjat muqaddimasida.
Hammasi bo‘lib deklaratsiya 43 sahifa va 134 paragrafdan iborat. U dunyodagi vaziyatga umumiy baho beradi, Rossiyaning BRICS raisligi natijalarini sarhisob qiladi, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi.
Deklaratsiyadagi asosiy bandlar quyidagicha bo‘ldi:
- Biz Falastin davlatining BMT to‘laqonli a’zosi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaymiz;
- Biz Rossiya tomonidan taklif etilgan BRICS don birjasi tashkil etilishini, uning keyingi rivojini va agrar sohaning boshqa sohalarini ham qamrab olishini qo‘llab-quvvatlaymiz;
- Biz koinotda qurol joylashtirishning oldi olinishini qo‘llab-quvvatlaymiz;
- Biz rivojlanayotgan davlatlarning global jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashga chaqiramiz, shuningdek, Global Janub mamlakatlarining BRICS tashkilotiga bo‘lgan qiziqishini qutlaymiz;
- Biz 2025 yilgacha mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini davom ettirish muhimligini ta’kidlaymiz;
- Biz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bahonasida bir tomonlama chora-tadbirlar ko‘rilishiga qarshimiz;
- Biz Jahon savdo tashkilotining (JST) islohotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar haqidagi qarorni qutlaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Rossiya tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi