21:48 / 05.11.2024
38

Nega AQSH xalqi prezidentni seshanba kuni saylaydi?

Nega AQSH xalqi prezidentni seshanba kuni saylaydi?
Foto: DW
Butun dunyoda saylovlar va referendumlar yakshanba kuni o‘tkaziladi. Ammo an’analariga sodiq va konservativ amerikaliklar bundan mustasno — bugun, 5 noyabr seshanba kuni ular davlat rahbarini saylashmoqda.

Qo‘shma Shtatlarda katta saylovlar doim seshanbaga to‘g‘ri keladi.

AQSH XIX asr o‘rtalarida agrar mamlakat bo‘lgan, fermerlar saylov uchastkasigacha ancha olis yo‘lni ot-aravalarda bosib o‘tishgan.

U paytlarda shanba ish kuni edi, yakshanbada cherkovga borishgan, chorshanba — bozor. Birgina seshanba bo‘sh kun edi.

Noyabrning ilk seshanbasida prezidentni saylash o‘sha paytlardan qolgan an’ana.

Ammo bugun yo ertaga ham kim prezident bo‘lganini bilolmaymiz. Chunki bu Amerika, saylov tizimi — o‘xshashi yo‘q, murakkab va uzoq jarayon.

Dekabrda saylov estafetasiga har bir shtatdan ovoz beruvchi vakillar — jami 538 kishi qo‘shiladi, bo‘lg‘usi prezident ularning kamida 270 ta ovozini to‘plashi shart. Aholisi soniga qarab ovoz beruvchi vakillar soni shtatlarda har xil: Kaliforniyada — 54, Texasda — 40 nafar, aholisi kam Alyaska, Vayoming, Vermont, Delaver, Shimoliy Dakota va Janubiy Dakota atigi uch nafardan ovoz beruvchiga ega.

Dekabrning ikkinchi chorshanbasidan keyingi seshanba kuni — 17 dekabrda hamma shtatlar poytaxtlarida g‘alaba qozongan nomzodning partiyasi vakillari — yuqoridagi ovoz beruvchi vakillar o‘ziga ma’qul nomzodga ovoz beradi va natijalar Kongress Senatiga taqdim etiladi.

G‘olib nomi 2025 yil yanvarida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nega AQSH xalqi prezidentni seshanba kuni saylaydi?