Donald Trampning 2024 yilgi AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi uning rafiqasi Melaniya uchun dahshatli tush bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Nima uchun?
2024 yilning yozida Tramp xonim 20 oylik tanaffusdan so‘ng va “Melaniya qayerga yo‘qoldi?” mavzusida ommaviy axborot vositalarida xavotirli xabarlar to‘lqinidan keyin birinchi marta yirik ommaviy tadbirda paydo bo‘ldi.
AQSHning sobiq birinchi xonimi prezidentlikka qayta nomzodini qo‘yish uchun erini qo‘llab-quvvatlash uchun Miluoki shahridagi Respublikachilar milliy qurultoyiga keldi. U sahnaga Dior'ning qizil kostyumida chiqdi. Erining g‘alabasini butun vujudi bilan istayotgan ayolning haqqoniy qiyofasini uddaburonlik bilan ijro etdi. Biroq Melaniyaning Oq uyga qaytish ehtimoli AQSH saylovchilari uchun tungi dahshatga aylanishi aniq.
Donald Trampning rafiqasi erining siyosiy ambitsiyalari unga katta ilhom berganini hech qachon yashirmagan. 2016 yilda u birinchi marta AQSH prezidenti lavozimi uchun saylovoldi poygasiga kirganida, Melaniya uni omma oldida kamdan kam hollarda kuzatib yurgan. Ammo erini qo‘llab-quvvatlab nutq so‘zlashga qaror qilganida, butun dunyo OAVda unga qarshi tanqidiy maqolalar toshqini boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘z nutqida u Mishel Obamaning 8 yil avvalgi chiqishidan bir nechta katta parchalarni ishlatgan. Qisqasi, Melaniya plagiatda ayblangandi.
2024 yilning kuzida chiqqan memuarida Melaniya tan olganidek, u Trump Organization xodimi Meredit Makiverdan nutq tayyorlashda yordam so‘ragan va xatolik bilan qoralama matnga kiritilgan Mishel Obamaning mehnatsevarlik, halollik va mehribonlik haqidagi so‘zlarini o‘zi uchun maxsus yozilgan original matn deb o‘ylagan.
2016 yilgi saylovlarda Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng, Melaniyaning tez orada Oq uyga ko‘chib o‘tishga va birinchi xonim sifatidagi vazifalarni bajarishga shoshilmasligi ajablanarli emas.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, Melaniya Tramp shu vaqtgacha Nyu Yorkdagi o‘zining pentxausida yashagan, chunki u o‘g‘li Berron o‘qishini eski maktabida tugatishini xohlagan. U ona sifatida o‘g‘lini yolg‘iz qoldira olmasdi. Aytish joizki, Melaniyaning onalik mehi Nyu York budjetiga sezilarli darajada qimmatga tushgan — birinchi xonim va uning o‘g‘li xavfsizligini ta’minlash har kuni 127 mingdan 146 ming dollargacha bo‘lgan xarajatga olib kelgan.
O‘shanda amerikaliklar prezident rafiqasining roli qanchalik og‘ir yuk ekanini tushunishadi — Melaniya bunga tayyor emasdi. Ko‘pchilik Donald Trampning inauguratsiyasida u eriga tabassum bilan qaraganini, ammo undan yuzini o‘girgach, tabassumi tezda yo‘qolib, yuzida g‘amgin ifoda paydo bo‘lganini sezgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari prezident rafiqasiga hazilomuz tarzda murojaat qilib, “Melaniya, yordam kerak bo‘lsa, ko‘zingni ikki marta qis” degan tvitlar tarqatishadi, keyin esa #freeMelania (#MelaniyaniOzodQiling) xeshtegi ostida trolling kampaniyasini boshlashadi.
2017 yil oxiriga kelib birinchi xonim o‘zini yig‘ib olib, Nyu Yorkdagi BMTga qilgan tashrifi davomida “Eng yaxshisi bo‘l” nomli o‘zining birinchi tashabbusini taqdim etadi. Ushbu tashabbus kiberbullingga qarshi edi.
Shunga qaramay, Donald rafiqasining tashabbuslarini so‘zda qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, aslida uning g‘oyalarini umuman yoqtirmagan. Buni u aynan o‘sha BMT yig‘ilishida isbotlaydi, chunki u Kim Chen Inni “kichik raketachilar” deb atagan va so‘ngra Twitter'da Shimoliy Koreyani “butunlay yo‘q qilish” bilan tahdid qilgan. Keyinchalik prezident siyosiy raqiblariga, jumladan, internetda bir necha bor hujum qilgan, shu tariqa Melaniya kiberbullinga qarshi kurashish kerakligini ta’kidlagan bir paytda o‘zi aslida uning jonli namunasi bo‘lgan.
Shu orada Donald va Melaniya Trampning nikohi mustahkam emasligiga oid mish-mishlar tarqala boshlaydi. Ba’zi manbalar prezident va birinchi xonim nafaqat Oq uydagi alohida yotoqxonalarda yotishi, balki bir-biridan maksimal darajada qochishga harakat qilishini yozgan. Albatta, AQSH prezidenti oilasi haqida tarqatilgan bunday ma’lumotlar Melaniyani xafa qilgan. Shunday qilib birinchi xonim o‘zini ancha noodatiy tarzda ifoda etishga qaror qiladi — u jamoat oldida “I really don't care, do uou?” (“Menga chindan ham farqi yo‘q, sizga-chi?”) degan yozuvli plashda paydo bo‘ladi.
O‘zining navbatdagi ommaviy muvaffaqiyatsizligidan xafa bo‘lgan Donald Trampning rafiqasi birinchi xonim sifatidagi yanada an’anaviyroq vazifalarga — Oq uyda ta’mirlash va bezak ishlariga e’tibor qaratishga qaror qiladi. 2018 yilda u prezidentlik rezidensiyasining Rojdestvo bezaklariga juda ko‘p vaqt sarflaydi. Qor bilan qoplangan yashil archalar, ko‘plab yoritkichlar, oq devorlar va pollarga tushgan aks hamda “Qarsildoq” baleti ostida raqs tushayotgan balerinalar — bu klassik Rojdestvo bezaklari bo‘lib, unga hech qanday e’tiroz bo‘lmasligi kerak edi. Shunga qaramay, internet foydalanuvchilari bunga ham sabab topib, hazillar qilishadi.
2019 yildagi Rojdestvo esa bundan badtar bo‘ladi. Birinchi xonim qaror qilganidek, agar klassik bezaklar internet foydalanuvchilariga yoqmasa, unda tavakkaliga har qanday g‘alati g‘oyani amalga oshirish mumkin — har qanday holatda ham tanqid qilinadi va kulishadi. Natijada ikkinchi Rojdestvo arafasida Oq uy qondek qizil archalar bilan to‘ladi, bu esa o‘tgan yildagi bezaklardan ham dahshatliroq assotsiatsiyalarni uyg‘otadi.
Twitter foydalanuvchilari yorqin bezaklar bilan bezatilgan tor yo‘lakni “o‘limga eltuvchi yo‘lak” deb atashadi, shuningdek, archalarni “Xizmatkor hikoyasi” serialidagi qizil yopinchiqli qahramonlarga o‘xshatishadi. “Gileadga xush kelibsiz, Trampova”, deb hazillashishadi tarmoqlarda.
Mana, Tramp Amerika prezidenti lavozimiga ikkinchi marta saylandi. Lekin Melaniyaning birinchi xonim sifatidagi oldingi tajribasini inobatga olgan holda, uning tabassumi ortida qanday his-tuyg‘ular va emotsiyalarni yashirayotganini taxmin qilish qiyin emas.
Endi Melaniya Trampni nimalar kutmoqda?
Quvnoq va xotirjam hayotdan voz kechish
Donald Trampning 2021 yilda prezidentlik muddati tugaganidan so‘ng, Melaniya Mar-a-Lagodagi xotirjamlikdan bahramand bo‘lib, spa salonlar, do‘konlarga borish va o‘g‘li Berron bilan ko‘p vaqt o‘tkazishdan zavq olgan. Ular o‘rtasida juda iliq va ishonchli munosabatlar o‘rnatilgan. Agar Oq uyga qaytish zarur bo‘lsa, bu Melaniya uchun o‘zining shu paytgacha tiklagan qulay va xotirjam hayotini tark etishni anglatadi.
Stress va psixoemotsional holatning yomonlashuvi
Oq uyda yashash tajribasi Melaniya uchun juda murakkab: u gapirishi, kiyinishi, xatti-harakatlari, hatto tasodifiy imo-ishoralar va yuz ifodalari uchun ham keskin tanqidlarga uchraydi. Bu juda katta stress, uning bunday bosimni yengishi juda qiyin bo‘ladi. U buni yana bir bor boshdan kechirishga tayyormi?
Eski (salbiy) imijni tiklash
Birinchi xonimlik mas’uliyatini yengib, Melaniya o‘zi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jamoat ishlariga diqqatini qaratishga muvaffaq bo‘lgandi. U shu vaqtgacha xayriya loyihalarida ishtirok etish va memuarlar yozish bilan shug‘ullandi. Boshqacha qilib aytganda, u Donald Trampdan turmushga chiqish qarorini qabul qilgan paytdagi muvaffaqiyatli ishbilarmonning rafiqasi obraziga qaytgandi. Bu rolda Melaniya o‘zini yaxshi va tabiiy his qiladi.
Ammo u yana birinchi xonimlik vazifasiga qaytganida, barcha “eski xatolar”ini eslatishadi. Oq uyga qaytish uning memga aylangan baxtsiz prezident rafiqasi imijini tiklashi mumkin.
Yana 4 yil dahshatli Rojdestvo
Turmush o‘rtog‘ining prezidentlik yillarida Melaniya bu bayramdan nafratlangan bo‘lishi kerak. Ammo endi yana to‘rt marta Oq uyni Rojdestvo uchun bezash vazifasi uning zimmasiga tushadi. Va, albatta, u tanqidlar bilan yana yuzlashadi. Chunki foydalanuvchilar uning dizaynerlik qobiliyatlarini kamsitish va uni masxara qilishni o‘zlarining sevimli mashg‘ulotiga aylantirib olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi