Qozog‘istonda vertolyot qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
1 daqiqa o'qish140

Foto: Qozog‘iston FVV Telegram kanali
Mi-8 vertolyoti Aqto‘be viloyati Marktuk tumanining Sarijar qishlog‘i yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vertolyotda uch kishi bo‘lgan: ulardan biri halok bo‘lgan, ikki nafari jarohatlangan.
Jabrlanganlar Yak-40 samolyotida Aqto‘be viloyat markaziga olib ketilgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari harbiy institutiga yuborilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan vertolyot Qozog‘iston Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan.
Voqea haqidagi ma’lumot Favqulodda vaziyatlar vazirligiga mahalliy vaqt bilan 11:40 da kelib tushgan. Shundan so‘ng hodisa joyiga mutasaddilar zudlik bilan yetib borgan. Qulash oqibatida yonib ketgan vertolyotni o‘chirishga 5 ta texnika va 23 nafar xodim jalb qilingan.

- #Qozog‘iston FVV
- #Aqto‘be Viloyati
- #Vertolyot Qulashi
- #Halokatga Uchragan
- #Tibbiy Yordam
- #Mudofaa Vazirligi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…