Foto: Villa Vie Residences
AQSHdagi prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan norozilar uchun dunyo bo‘ylab sayohat yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Villa Vie Odyssey kemasidagi kruiz 4 yilga mo‘ljallangan. Sayohatchilar yetti qit’adagi 140 dan ortiq davlatni ko‘rishi kutilmoqda. All inclusive tizimi bo‘yicha bir kishilik chipta narxi 255,9 ming dollardan boshlanadi. Ikki o‘rinli xonaning boshlang‘ich narxi esa 319 ming dollar.
2026 yil kuzida Kongressga oraliq saylovlardan keyin shtatlardagi o‘zgarishlarga umid qilganlar “Oraliq saylovlar” paketini sotib olishi mumkin. Bir kishilik 150 399 dollar, ikki kishilik 187 998 dollarga baholangan. Mazkur turpaket ikki yildan keyin AQSHga qaytishga mo‘ljallangan.
Kema spa xizmatlari va fitnes dasturlari bilan jihozlangan bo‘lib, chipta narxiga ovqatlanish ham kiradi — tushlik va kechki ovqat paytida bepul pivo va sharob taqdim etiladi.
Business Insider avvalroq agar sobiq prezident Donald Tramp 2024 yilgi saylovoldi kampaniyasida qayta saylansa, millionlab amerikaliklar mamlakatni tark etishni o‘ylayotganini xabar qilgandi. Uning g‘alabasi e’lon qilingach, “Kanadaga ko‘chib o‘tish” iborasini qidirish tezlashdi.
Odyssey kemasida sayohat qilish dunyoning boshqa hech bir joyida fuqarolik huquqini bermasa-da, u yo‘lovchilarga tirbandliklar, siyosat va shahar hayotining bir xilligidan qochish imkoniyatini taqdim etadi, deydi Villa Residences vakili. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Senati Ukrainaning qarzidan kechishga qarshi rezolyutsiyani ma’qullamadi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi