date
views 61

Arab ligasi hamda IHT davlatlari Isroilni oʻz nazoratidagi erlardan chiqib ketishga chaqirdi

Араб лигаси ҳамда ИҲТ давлатлари Исроилни ўз назоратидаги eрлардан чиқиб кетишга чақирди
Foto: RIA Novosti
Arab davlatlari ligasi (ADL) va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo davlatlar Isroilni Gʻazo sektori, Gʻarbiy Sohil, Sharqiy Quddus va Golan tepaliklaridan chiqib ketishga chaqirdi.

11 noyabr kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan sammit ishtirokchilari 1967 yil 4 iyundagi chegaralarni hurmat qilish muhimligini, bunday harakat mintaqada “adolatli va keng qamrovli tinchlik” oʻrnatilishiga hissa qoʻshishini ta'kidladi.

Yakuniy deklaratsiya, shuningdek, Falastin hududlari – Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilni poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan yagona Falastin davlatiga birlashtirishga chaqirgan. Bundan tashqari, Arab Ligasi va IHT davlatlari rahbarlari xalqaro hamjamiyatdan Isroilga qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar eksportini taqiqlashni soʻragan.

Sammit Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi fonida Ar-Riyod tomonidan tashkil etilgan. Arab Davlatlari Ligasi va Islom Hamkorlik Tashkilotiga Isroil davlatini tan oladigan va uning mintaqaviy integratsiyasini qat'iyan rad etuvchi davlatlar kiradi.

Golan mojarosi

Golan tepaliklari oʻn yillar davomida Yaqin Sharqdagi bahsli hudud boʻlib qolmoqda. Isroil 1967 yilda arab davlatlari koalitsiyasiga qarshi olti kunlik urush paytida Golan tepaliklarining muhim qismini egallab olgan va 1981 yilda uni anneksiya qilgan. AQSh 2019 yilda Golan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olgan yagona davlatga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo