Foto: Reuters
Donald Trampga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atgan maxsus prokuror Jek Smit respublikachi 2025 yil yanvarida Oq uyga qaytib kelguniga qadar iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The New York Times (NYT) manbalarga tayanib.
Donald Trampning o‘zi inauguratsiyadan so‘ng uni “ikki soniya ichida” ishdan bo‘shatishga va’da berdi.
2022 yil noyabrida maxsus prokuror etib tayinlangan Jek Smit AQSHning 45-prezidenti maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash va 2020 yilgi saylovlarga aralashishga urinish bo‘yicha ishni tergov qilgan.
NYT manbalarining ta’kidlashicha, Smit tergovni yakunlab, Donald Tramp lavozimga kirishgunga qadar jamoasi bilan birga ishdan ketish niyatida.
AQSH Adliya vazirligining uzoq yillik siyosati amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka tortishni taqiqlaydi va shuning uchun departament ishlarni tergov qilishni to‘xtatmoqchi, deb xabar beradi OAV.
Biroq bu ishning mexanizmi oxirigacha ishlab chiqilmagan. 9 noyabr kuni Donald Trampning g‘alabasi ma’lum bo‘lganida, maxsus prokuror suddan saylovga aralashish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatishni so‘radi.
U 2 dekabrga qadar ishning “misli ko‘rilmagan” holatlarini baholashi va kelajakdagi rejalari haqida hisobot taqdim etishi kerak.
Foto: Reuters
2017 yildan 2021 yilgacha prezidentlik qilgan Donald Trampga qarshi bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. Jumladan:
1. Biznes hujjatlarni qalbakilashtirishda;
2. Floridadagi qarorgohida maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlashda;
3. 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin til biriktirish, natijada 2021 yil yanvar oyida Kapitoliyga bostirib kirishga undashda;
4. Jorjiyadagi saylov natijalarini o‘zgartirishga urinishda ayblanayotgandi.
Trampning ayblovlarga munosabati
Donald Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni muttahamlik deb atadi. Bu haqda u o‘zining YouTube kanalida radioboshlovchi Glenn Bek bilan suhbatda gapirdi.
“Menga nosbatan ochilgan har bir jinoiy ish — muttahamlik”, degan Tramp suhbat davomida.
Mahbus sifatida suratga tushirilgan birinchi prezident
Tramp joriy yilning 24 avgust kuni kechqurun politsiyaga o‘zi bordi. U Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Fulton okrugi qamoqxonasiga keldi. Fulton okrugi sherif idorasida tarixiy surat olindi — bu AQSH prezidenti bo‘lgan shaxsning qamoqxonadagi birinchi surati (magshot) edi.
Foto: Fulton County Sheriff’s Office
Tramp jurnalistlarga Jorjiya rasmiylari uning suratga tushishini talab qilganini aytdi. “Bu juda noqulay his, ayniqsa siz hech qanday yomon ish qilmagan bo‘lsangiz”, degan Tramp.
7 million dollar keltirgan surat
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Fulton okrugi qamoqxonasida tushgan surati (magshot) ortidan 7,1 million dollar ishlab topdi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Foto: NPR
Tramp mazkur surati tushirilgan tushirilgan esdalik sovg‘alarini sotish orqali xayriya sifatida 7 million dollardan ortiq mablag‘ yiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi