Foto: AFP
NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning fikricha, Kiyevga qurol yetkazib berish hajmini oshirish va ulardan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish Ukrainada tinchlikka erishishga yordam beradi.
“Menimcha, Ukrainada tinchlikka erishish uchun hozir qilishimiz mumkin bo‘lgan eng muhim narsa bu uni yanada ko‘proq qurol bilan ta’minlash va biz beradigan qurollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashdir”, deydi u.
NATOning amaldagi bosh kotibi Mark Ryutte urushni tugatish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlashni faqat Ukraina hal qilishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, Ukraina kuch pozitsiyasidan muzokaralar olib borish imkoniga ega bo‘lishi uchun u NATO ittifoqchilarini harbiy yordam berishda davom etishga chaqirdi.
“Faqat Ukraina hukumati Rossiya bilan muzokaralarni boshlash yoki boshlamaslik va bu urushni qanday tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Lekin ukrainaliklar buni kuchli pozitsiyadan turib amalga oshirishi kerak. Shuning uchun mudofaa yordamini yetkazishda davom etishimiz lozim”, degandi Ryutte.
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya vakillari bilan muzokaralarni boshlashga qarshi emasligi, lekin suhbat “teng shartlarda” o‘tishi kerakligini ma’lum qilgan edi:
“Biz ruslar bilan gaplashishga, ular bilan muzokara o‘tkazishga qarshi emasmiz. Faqat muzokaralar teng shartlarda o‘tishi kerak”.
Rossiya tomoni esa Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit berayotgani, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilayotganini qayd etgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar