Foto: Alexander Nemenov/AFP
Ozarboyjondagi iqlim bo‘yicha BMT muzokaralarida eng boy davlatlar iqlim inqiroziga qarshi kurashayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarga global moliyaviy yordamni yiliga 300 milliard dollarga oshirishga kelishib oldi.
The Guardian nashrining yozishicha, vazirlar va delegatsiyalar rahbarlaridan iborat kichik guruh, jumladan, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Saudiya Arabistoni, Braziliya, Buyuk Britaniya, AQSH va Avstraliya bilan yopiq eshiklar ortida iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha asosiy ziddiyatli masalalar yuzasidan uzoq davom etgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
22 noyabr kuni soat 18:00 da yakunlanishi kerak bo‘lgan COP29 sammiti 23 noyabr ertalabgacha cho‘zildi. Yakuniy majlis ertalab soat 10:00 ga belgilangan edi, biroq bo‘lib o‘tmadi.
Rivojlanayotgan davlatlar iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha 250 milliard dollarlik maqsadga norozi munosabatda bo‘lib, uni hazil deb atadilar va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish va ekstremal ob-havo ta’siriga moslashish uchun ko‘proq mablag‘ so‘radilar.
Yevropa Ittifoqi va bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Qo‘shma Shtatlar va Avstraliya loyiha matniga ba’zi o‘zgartirishlar kiritish evaziga 300 milliard dollar ajratishga rozi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Nashrning yozishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish boy davlatlarga qo‘ng‘iroq qilib, moliyalashtirishni oshirishga chaqirgan. Yaponiya, Shveysariya va Yangi Zelandiya kechqurun 300 milliard dollarlik ko‘rsatkichga qarshilik ko‘rsatgan davlatlar qatoriga kirgan edi.
Ta’kidlanishicha, 300 milliard dollarlik taklif hali ham rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojlariga mos kelmaydi va agar 23 noyabr kuni kutilayotgan yangilangan matnga kiritilsa, keskin tanqidlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo ba’zi vazirlar yaqin soatlarda Bokuni tark etishi sababli, davlatlar nimaga rozi bo‘lishini tezroq hal qilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi