Foto: RBC
AQSH prezidenti Jo Baydenning yaqinda G‘azoda sulh bo‘yicha yangi tashabbusni boshlash niyati haqida e’lon qilgani “juda kech, ammo muhim qadam”. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada Ummon sultoni Haysam bin Tariq al-Said bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“G‘azoda zudlik bilan, adolatli va doimiy sulh bo‘lmasa, mintaqaviy va global tinchlikka erishib bo‘lmaydi”, dedi Erdo‘g‘on.
“AQSH prezidenti Baydenning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi tashabbusni e’lon qilishi kech bo‘lsa ham muhim qadamdir. Bu mojarolar boshlanganidan beri biz barqaror o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash uchun vositachilik yoki kafolatlar orqali qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilishga tayyorligimizni qayta-qayta bildirdik. Bugun ham biz xuddi shunday pozitsiyadamiz”, dedi Erdo‘g‘on.
Avvalroq Turkiya prezidenti mamlakat G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.
Anqara barcha xalqaro platformalarda Falastinni qo‘llab-quvvatlashini va Isroil tajovuzini to‘xtatish zarurligini e’lon qilganini qayd etgan Erdog‘an, “Genotsid to‘xtab, G‘azo va Falastin butunlay ozod bo‘lgunga qadar birodarlarimizni bor kuch va vositalarimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz” dedi.
Shuningdek, 13 noyabr kuni Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qilgandi. U Anqara kelajakda Tel-Aviv bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamasligini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”