AQSHdagi shov-shuvli qotillikni sodir etishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish180
AQSHdagi shov-shuvli qotillikni sodir etishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Business Insider
AQSH politsiyasi UnitedHealthcare tibbiy sug‘urta kompaniyasining ijrochi direktori Brayan Tompsonni o‘ldirishda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar beradi CNN.

Nyu-York politsiya komissari Jessika Tishning ma’lum qilishicha, 26 yoshli Luiji Manjione noqonuniy qurol saqlash ayblovi bo‘yicha qo‘lga olingan. Manjione «Brayan Tompsonni o‘ldirishda» gumonlanmoqda.

Nyu-York meri Erik Adamsga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs politsiya tomonidan qidiruvda bo‘lgan insonning «ta’rifiga mos keladi». «Shuningdek, [gumonlanuvchining] yonidan uni qotillik holatiga bog‘lashi mumkin bo‘lgan bir nechta buyumlar topilgan», — deydi mer.

Qo‘lga olingan shaxsning yonida «korporativ Amerika» haqida salbiy fikr bildirgan muallifning qo‘lyozmasi topilgani aytilmoqda. Hujjatni ko‘rgan politsiyachi undan ikkita iqtibos keltirgan: «Bu parazitlar shunday yo‘l tutdi» hamda «Har qanday bahs va jarohatlar uchun kechirim so‘rayman, ammo bu sodir bo‘lishi kerak edi».

CBS News o‘zining tergovga yaqin manbasiga tayanib yozishicha, Tompsonni o‘ldirishga gumonlanayotgan shaxs Altunada hibsga olganidan keyin, Pensilvaniya rasmiylari tomonidan so‘roi qilingan. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsning yonidan ovoz so‘ndirgichga ega pistolet topilgan — bu Tompson o‘ldirilgan qurolga mos keladi.

Nashrning huquq-tartibot organlaridagi ikki manbasini aytishicha, «Makdonalds» restoraniga tashrif buyurgan mijozlardan biri Nyu-York politsiyasi tomonidan qidirlayotgan erkakka o‘xshash shaxsga duch kelganidan keyin Pensilvaniya politsiyasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Hozirda tergovchilar uning Brayan Tompsonga uyushtirilgan suiqasdga aloqadorligini isbotlash uchun ish olib bormoqda.

4 dekabr kuni Manxettenda 2023 yilda daromadi 281 mlrd dollarni tashkil etgan UnitedHealthcare sug‘urta kompaniyasining ijrochi direktori Brayan Tompson otib ketilgandi. Politsiya qotilni bir necha kundan beri qidirib kelayotgan, jinoyatchi haqida ma’lumot berganlarga 10 ming dollar va’da qilingan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?