00:02 / 14.12.2024
8

Trampning qizi Ivankaning Mayamidagi 24 million dollarlik saroyiga sayohat (foto)

Trampning qizi Ivankaning Mayamidagi 24 million dollarlik saroyiga sayohat (foto)
AQSH prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp va uning oilasi yashaydigan hashamatli xonadonga virtual sayohat qilamiz.

Foto: Mydecor.ru
Milliarderlar oroli nomi bilan tanilgan Indian Creek XX asr boshlarida paydo bo‘lgan Mayamidagi sun’iy oroldir. Dastlab orol suv sathining pastki qismini mustahkamlash bo‘yicha qurilish ishlari natijasida paydo bo‘lgan, so‘ng tez orada bu yerda golf klubi qurilgan. Shunday qilib, hozirda milliarderlar oroli “suzuvchi bunker” deb ham atalib, bu yerda eng badavlat va nufuzli shaxslarning uylari joylashgan.

Foto: Marketwatch.com
Orolda jami 34 ta uy va 40 nafar aholi bo‘lib, hudud to‘liq qo‘riqlanadi va orolga yagona ko‘prik orqali kiriladi. U yerga borish begona odamlarga taqiqlanadi va faqatgina maxsus ruxsatnoma asosida kiritiladi.

Foto: Marketwatch.com
Aynan shu orolda 2021 yil aprel oyida Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner 24 million dollarga yangi uy xarid qilgan. Ulkan xonadon oltita yotoqxona va 8 ta hammomdan iborat bo‘lib, u yerda oila farzandlari Arabella Rouz, Jozef Frederik va Teodor Jeyms bilan birga yashaydilar.

Foto: Marketwatch.com

Foto: Marketwatch.com
AQSHning ko‘chmas mulk hujjatlari qaydlariga ko‘ra, Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i mazkur saroyni sotib olish uchun 15 million dollarlik ipoteka krediti olishgan. Uyning oldida yaxtalar qo‘yish uchun xususiy hudud mavjud.

Foto: Mydecor.ru

Foto: Mydecor.ru

Foto: Mydecor.ru
Ivanka Tramp ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez shaxsiy hayoti haqida turli ma’lumotlar berib boradi. Uning oilasi o‘tgan yilda uyni to‘liq ta’mirdan o‘tkazdi va bugungi kunda xonadon Indian Creek'dagi eng hashamatli mulklardan biri hisoblanadi.

Foto: Marketwatch.com
Avvaliga uy neoklassik uslubida qurilgan edi, hozirda saroy zamonaviy uslubda qayta ishlangan bo‘lib, interer to‘liq o‘zgartirilgan hamda poldan shiftgacha bo‘lgan baland derazalar o‘rnatilgan. Obyektdagi ishlar taxminan ikki yilga yaqin vaqt davom etdi va 2023 yil oktyabrida — Ivankaning tug‘ilgan kuni arafasida yakunlandi. Endilikda er-xotin xonadonni jihozlash ishlari bilan band.

Foto: Marketwatch.com

Foto: Marketwatch.com
Ba’zi detallar uyning avvalgi egalaridan saqlanib qoldi. Masalan, xonalarning 7,9 metr balandlikdagi shifti, ochiq planirovka va hashamatli zinapoyalarga o‘zgartirish kiritilmadi. Uyning oldingi tomonini bezatib turgan katta hovuz ham joyi o‘zgartirilmadi. Ammo yangi uy egalari hovlining boshqa tomonida yangi kichikroq hovuz qurdi va suzish, dam olish uchun kerakli jihozlarni o‘rnatdi.

Foto: Marketwatch.com

Foto: Marketwatch.com
Mazkur orolga ko‘chib kelganidan beri Ivanka va uning oilasi bu yerda bir nechta oilaviy bayramlarni nishonladi, ulardan eng oxirgisi Mariya Zelnichkovaning 98 yoshini qarshi olgan tug‘ilgan kuni bo‘ldi.

Foto: Marketwatch.com
Ivanka va Kushner o‘zlarining hashamatli uyiga ko‘chib o‘tishdan avval Mayamining Serfsayd qismida olti xonali kvartirada yashashgan. Ular avvalgi uyini 2023 yil yanvarida 17 million dollarga sotib olgan.

Foto: Marketwatch.com

Foto: Marketwatch.com

Foto: Marketwatch.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning qizi Ivankaning Mayamidagi 24 million dollarlik saroyiga sayohat (foto)