Foto: MikheilKavelashviliOfficial / Facebook
Gurjistonda saylovchilar kollegiyasi sobiq futbolchi va deputat Mixail Kavelashvilini mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. U yagona nomzod edi.
Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovozlarni sanash jarayoni yakunlangan va Kavelashvili 224 ta ovoz to‘plagan, bitta byulleten qonuniy kuchga ega emas deb topilgan. Kavelashvilining saylanishi uchun kollegiyaning 300 a’zosining kamida 200 nafari ovozi talab etilgandi.
53 yoshli Mixail Kavelashvili — futbol bo‘yicha Rossiya va olti karra Gurjiston chempioni (u Tbilisining «Dinamo» jamoasida to‘p surgan). 2016 yildan beri Kavelashvili «Gurjiston orzusi» partiyasidan parlament deputati sifatida faoliyat yuritib kelgan, 2022 yilda esa hukmron partiyadan «ajralib chiqqan» «Xalq kuchi» partiyasi rahbariga aylangan. Aynan ushbu partiya deputatlari Gurjistonning «inoagentlar» to‘g‘risidagi qonunini ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surgandi. Parlamentning yangi chaqirig‘ida Kavelashvili hamda uning tarafdorlari «Gurjiston orzusi» bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan.
Gurjistonning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili 2018 yilda oxirgi marta o‘tkazilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar orqali saylangan. Shundan keyin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilgan va endi saylovlar yangi tizim bo‘yicha o‘tkaziladi — kollegiyalar ishtirokida, ularning aksariyatini «Gurjiston orzusi» hukmron partiyasi vakillari tashkil etadi.
Avvalroq Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili mamlakatda yangi parlament saylovlari belgilanmagunga qadar o‘z vakolatlarini topshirish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Davlat rahbarining fikricha, bugungi kunda Gurjistonda faqat u legitim hokimiyatga ega. U bo‘lajak saylov jarayonini «prezidentlik saylovlariga parodiya va sharmandalik» deya ta’riflagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Yevropa Ittifoqi Suriyaga insonparvarlik yordami uchun havo ko‘prigi tashkil qiladi
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali nimalarni muhokama qildi?
Bashar Asadni Suriyadan qochishiga kim yordam bergani ma’lum bo‘ldi...