date
views 131

Malayziyada Abu Rayhon Beruniy asarining qadimiy qoʻlyozmasi saqlanayotgani ma'lum boʻldi

Malayziyada Abu Rayhon Beruniy asarining qadimiy qoʻlyozmasi saqlanayotgani ma'lum boʻldi
Foto: Dunyo
Malayziya poytaxti Kuala-Lampur shahridagi kutubxonada Abu Rayhon Beruniy asarining qadimiy qoʻlyozmasi saqlanayotgani ma'lum boʻldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Malayziyada xizmat safari bilan boʻlib turgan Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi rahbari oʻrinbosari Firdavs Halimov Xalqaro islom tafakkuri va tsivilizatsiyasi instituti direktori Abdelaziz Bergut bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Abdelaziz Bergut Xalqaro islom tafakkuri va tsivilizatsiya institutining kutubxona fondi, mavjud bir qator nodir qoʻlyozma va eksponatlar bilan mehmonlarni tanishtirgan.

U kutubxonada nodir qoʻlyozmalar – Abu Rayhon Beruniyning astronomiya ilmiga oid 1197 yilga mansub “Kitob al-Tafhim” asari va Abulqosim Firdavsiyning 1612 yilga oid “Shohnoma” asarlari saqlanayotgani haqida aytib oʻtgan.

Mazkur asarlar 20-asr oxirlarida Evropa auktsionlarida xarid qilingani ma'lum qilingan.

Muloqot davomida Oʻzbekiston zaminida etishib chiqqan buyuk allomalar merosini oʻrganish, nodir manbalarni tadqiq etish, noyob qoʻlyozmalarni faksimile nusxasini yaratish, qoʻshma ilmiy tadqiqot va anjumanlar oʻtkazish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik rejalari koʻrib chiqilgan.

Kuala-Lumpur shahrida Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi bilan birgalikda Beruniy ilmiy merosiga bagʻishlangan xalqaro konferentsiya tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyada Abu Rayhon Beruniy asarining qadimiy qoʻlyozmasi saqlanayotgani ma'lum boʻldi