Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi

1 daqiqa o'qish187
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat diplomatik korpusidagi o‘zgarishlarga oid qarorlarni imzoladi. Hujjatlar mamlakat prezidenti saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Zelenskiy Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsani lavozimdan bo‘shatdi. Shuningdek, mamlakatning Yaponiyadagi elchisi Sergey Korsunskiy, Xitoydagi elchi Pavel Ryabikin va 2022 yildan beri Sloveniyadagi elchi sifatida ishlab kelayotgan sobiq mudofaa vaziri Andrey Taran lavozimlaridan olindi.

Bundan tashqari, BMTning Jeneva bo‘linmasidagi Ukrainaning doimiy vakili Yevgeniy Flipenko ishdan olindi. Uning o‘rniga Yevgeniy Simbalyuk tayinlandi. Shuningdek, Ukraina tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Emine Japarovani mamlakatning Venadagi xalqaro tashkilotlar vakili etib tayinlashga oid hali kuchga kirmagan hujjat bekor qilindi.

Ukrainaning Sloveniya, Vengriya, Kongo, Filippindagi yangi elchilari tayinlandi, shu bilan birga Ruanda va Litvadagi diplomatik missiyalari rahbarlari o‘zgartirildi. Ukrainaning Indoneziyadagi elchisi ham lavozimdan olindi. Mamlakat TIVning sobiq spikeri — oktyabr oyida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Maryana Betsa Ukrainaning YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?