Qozogʻistonda samolyot qulashiga oid soʻnggi ma'lumotlar...

1 daqiqa o'qish316
Qozogʻistonda samolyot qulashiga oid soʻnggi ma'lumotlar...
Foto: “TASS”
Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 yoʻlovchi samolyoti 25 dekabr kuni Qozogʻistonning Aqtau shahrida qulab tushdi. Samolyot Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli boʻlib, bortida 69 kishi, jumladan, 5 nafar ekipaj a'zosi boʻlgan.

Grozniy aeroporti matbuot xizmatiga koʻra, Bokudan uchgan samolyot Grozniydagi tuman tufayli Maxachqal'aga, keyin esa Aqtauga yoʻnaltirilgan. Samolyot halokatga uchrashiga qushlar galasi bilan toʻqnashuv sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Guvohlar qulagan samolyot bortida kislorod balloni portlab ketgani, odamlar hushini yoʻqota boshlaganini aytmoqda.

Qozogʻiston Transport vazirligi ma'lum qilishicha, bortda 37 nafar Ozarbayjon, 6 nafar Qozogʻiston, 3 nafar Qirgʻiziston, 16 nafar Rossiya fuqarosi boʻlgan. Soʻnggi ma'lumotlarda 29 kishi omon qolgani, 20 dan ortiq odam kasalxonadaligi ma'lum. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirib, tirik qolgan 12 kishi ogʻir ahvoldaligini aytgan.
Qozogʻistonda samolyot qulashiga oid soʻnggi ma'lumotlar...
Foto: Tengrinews
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev samolyot halokatini tekshirish boʻyicha komissiya tuzishni buyurgan. Unga bosh vazir oʻrinbosari Bozumbaev rahbarlik qiladi. Toʻqaev, shuningdek, jabrlanganlarga yordam koʻrsatish uchun Ostonadan Aqtauga shifokorlarni yuborishni buyurgan.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev aviafojia munosabati bilan Rossiyadagi MDH sammitiga qatnashmay Bokuga qaytgan. U ham qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirmoqda.

Qozogʻistonda AZAL samolyoti halokatga uchraganini chuqur qaygʻu bilan qabul qildim. Ushbu voqea oqibatida jabrlanganlar va ularning yaqinlari bilan birgamiz, degan u.

Ilhom Aliev topshirigʻiga binoan raqamli rivojlanish va transport vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri, bosh prokuror oʻrinbosari, sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi direktori oʻrinbosari, AZAL vitse-prezidenti va boshqa tegishli davlat organlari vakillari voqea joyini oʻrganish uchun Qozogʻistonning Aqtau shahriga yoʻl olishdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?