20:10 / 27.12.2024
7

Azerbaijan Airlines Oqtovdagi aviahalokat sababini ma'lum qildi

Azerbaijan Airlines Oqtovdagi aviahalokat sababini ma'lum qildi
Foto: Qozogʻiston FVV
Azerbaijan Airlines (AZAL) kompaniyasi Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida qulagan samolyotning halokatiga “tashqi jismoniy va texnik ta'sir” sabab boʻlganini ma'lum qildi.

Ozarbayjon fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi bilan kelishilgan holda Rossiyaning bir qator shaharlariga Bokudan parvozlarni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bunga Embraer 190 samolyoti halokati boʻyicha tergovning dastlabki natijalari asos boʻldi. Unga koʻra Boku—Grozniy reysini amalga oshirayotgan, Oqtov shahri yaqinida qulagan samolyot halokatiga jismoniy va texnik tashqi ta'sir sabab boʻlgani aniqlandi”, deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Avvalroq AZAL kompaniyasi halokat boʻyicha tergov tugaguniga qadar Rossiyaning ettita shahriga parvozlarni toʻxtatayotganini ma'lum qilgandi.

Kecha Euronews telekanali Ozarbayjon samolyotining halokatiga Rossiya raketasi sabab boʻlganini xabar qilgan. Reuters agentligi esa Ozarbayjon samolyotini Rossiyaning “Pantsir-S” mudofaa tizimi qulatgani haqida maqola e'lon qilgan.

Rossiya aviatsiyasi rahbari bergan bayonotida halokatga Ukraina dronlari va quyuq tumanni sabab qilib koʻrsatgan.

AZAL samolyoti ob-havo sharoiti (500 metr balandlikda koʻrinishni yomonlashtirgan tuman) va “Ukrainaning hujumlari” tufayli joriy etilgan reja sababli Grozniyga qoʻna olmagan. Samolyotni qoʻndirishga ikki marta urinishdan soʻng, havo kemasi komandiri, unga boshqa variantlar taklif qilinishiga qaramay, Qozogʻistonga uchishga qaror qilgan”, deyiladi Dmitriy Yadrov bayonotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Azerbaijan Airlines Oqtovdagi aviahalokat sababini ma'lum qildi