14:59 / 29.12.2024
47

Ekologiya vazirligi Shahram Gʻiyosovning ayiq bilan jangiga qanday munosabat bildirdi?

Ekologiya vazirligi Shahram Gʻiyosovning ayiq bilan jangiga qanday munosabat bildirdi?
Videodan kadr
Bokschi Shahram Gʻiyosovning ogʻzi berkitilgan ayiq bilan jang qilayotgani aks etgan video tarqalib, koʻplab e'tirozlarga sabab boʻldi.

Jang Buka Gym sport zalida boʻlib oʻtgan. “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga sportchining tumshugʻbogʻdagi ayiq bilan jang qilayotgani videosini koʻrib hayratga tushgan fuqarolardan xabar kelib tushgan. Jamiyat bu haqda IIV va Ekologiya vazirliklariga murojaat yuborgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ayni paytda holat oʻrganilayotganini, oʻrganish natijalariga koʻra batafsil ma'lumot berilib, huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda chora koʻrilishini bildirdi.

Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun'iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati tasdiqlangan. Ushbu roʻyxatga ayiqlarning barcha turi kiritilgan. Ya'ni boshqa hayvonlar qatori ayiqlarni ham davlat va mobil tsirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan tsirk tomoshalarini oʻtkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsiz munosabatni qoralab, bu kabi holatlar qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo