Suriyadagi HTSh rahbari guruhni tarqatib yuborish rejasini ma'lum qildi

1 daqiqa o'qish268
Suriyadagi HTSh rahbari guruhni tarqatib yuborish rejasini ma'lum qildi
Ahmad ash-Sharaa (Abu Muhammad al-Joʻlaniy nomi bilan mashhur)
Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan «Hay'at Tahrir ash-Shom» (HTSh) guruhi rahbari Ahmad ash-Sharaa Milliy konferentsiya davomida guruh tarqatib yuborilishini e'lon qilishini aytdi. Shu bilan birga, mamlakatda qonuniy saylovlarni oʻtkazish toʻrt yilga choʻzilishi mumkin, dedi u Al-Arabiya telekanali bilan suhbatda.

Ahmad ash-Sharaa (Abu Muhammad al-Joʻlaniy nomi bilan mashhur) saylovlardan oldin aholini roʻyxatga olish jarayoni oʻtkazilishi kerakligini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish uch yilgacha davom etadi. Shu bilan birga, Suriyaning yangi hukumati rahbari mamlakat aholisi bir yil ichida ijtimoiy sohada ijobiy oʻzgarishlarni koʻrishiga va'da berdi.

Ash-Sharaa oʻtish davri ma'muriyati AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan va kurdlardan iborat Suriya demokratik kuchlari (SDF) bilan mamlakat shimoli-sharqidagi inqirozni hal qilish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Natijada SDF milliy qurolli kuchlar tarkibiga qoʻshilishi kerak. U kurdlar Suriya tuzilmasining ajralmas qismi ekanini tasdiqlab, boʻlinish boʻyicha har qanday rejalarni rad etdi.

«Suriya boʻlinib ketmaydi», deb ishontirdi Ash-Sharaa.

Shu bilan birga, Ash-Sharaa, Bashar Asadni hokimiyatdan agʻdargan va unga asosiy muxolifat boʻlgan «Hay'at Tahrir ash-Shom» guruhining tarqatib yuborilishi Milliy muloqot konferentsiyasida e'lon qilinishini aytdi.

HTSh boshchiligidagi islomiy guruhlar noyabr oyi oxirida Suriyada hujum boshladi. Ikki hafta oʻtgach, ular mamlakat poytaxtiga kirib, hokimiyatni egallab oldi. Prezident Bashar Asad esa Rossiyaga qochdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?