Yangi Orleanda avtomobil olomonni bosib ketdi, qurbonlar bor...

1 daqiqa o'qish169
Yangi Orleanda avtomobil olomonni bosib ketdi, qurbonlar bor...
Foto: AP
Yangi yilning dastlabki soatlarida Yangi Orleandagi Kanal-strit va Burbon-strit koʻchalari kesishmasida avtomobil haydovchisi olomonga qarata haydashi oqibatida oʻn kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohat oldi.

Avvalroq Yangi Orlean politsiyasi koʻplab qurbonlar, jumladan, oʻlim bilan yakunlangan hodisa sodir boʻlganini ma'lum qilgan edi. NOLA Ready nashri odamlarga bu hududdan uzoqroq turishni tavsiya qilgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, jarohatlanganlar 5 ta mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

Hodisa Yangi Orleandagi Yangi yil bayrami yakunida va minglab tomoshabinlar ishtirok etishi kutilayotgan AllState Bowl futbol chorak finali boshlanishidan bir necha soat oldin sodir boʻlgan.

“Bugun ertalab Burbon stritda dahshatli zoʻravonlik hodisasi sodir boʻldi”, dedi Luiziana shtatining gubernatori Jeff Landri X ijtimoiy tarmogʻida, shuningdek, odamlarni hujum sodir boʻlgan hududdan uzoqroq turishga chaqirdi.
Yangi Orlean shahri meri LaToya Kentrell voqeani ochiqchasiga “terakt” deb atagan.

Politsiya vakillari mazkur hujum imkon qadar koʻproq odamlarga zarar yetkazish maqsadida oldindan rejalashtirilgani hamda qasddan amalga oshirilganini rasman tasdiqlagan. Voqea joyida portlovchi qurilmalarga oʻxshash buyumlar ham topilgan, biroq ular haqiqiy qurilmalar yoki mulyajlar ekanligi hozircha aniq emas.

CBS News telekanali guvohlarga tayanib, yuk mashinasi katta tezlikda olomonga qarata haydagani, shundan soʻng haydovchi mashinadan tushib, quroldan oʻq uzganini, politsiya esa javob oʻq uzganini xabar qilgan.

Bir juft guvohning CBS News’ga aytishicha, ular oʻzlari turgan koʻchadan uzoqda gumburlagan ovozni eshitishgan va keyin oq yuk mashinasi yuqori tezlikda barrikadani yorib oʻtayotganini koʻrishgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?