Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda

1 daqiqa o'qish275
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
AQSh prezidenti Jo Bayden vakolati tugashidan oldin Isroilga 8 milliard dollarlik qurol paketini sotmoqchi. Bu haqda Axios portali manbalarga tayanib xabar berdi.

Unga koʻra, AQSh davlat departamenti Kongressni yahudiy davlatiga qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar sotish boʻyicha bitim tuzish niyati haqida norasmiy ravishda xabardor qilgan. Xususan, Qoʻshma Shtatlar Isroilga qiruvchi va hujum vertolyotlari uchun havo-havo raketalari, artilleriya snaryadlari, kichik diametrli bombalar, qoʻshimcha oʻq-dorilari toʻplamlari, 500 funtli bomba (taxminan 227 kg) va boshqa oʻq-dorilar bilan ta'minlaydi.

Nashr manbalarining ta'kidlashicha, kelishuv “Isroil xavfsizligini uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlash” uchun moʻljallangan. Ba'zi qurollar toʻgʻridan toʻgʻri Pentagon omborlaridan Isroilga yetkazilishi kutilmoqda, ammo aksariyat qurollarni yetkazib berish “bir yil yoki undan koʻproq vaqtni oladi”.

Axiosning ta'kidlashicha, Isroilga ehtimoliy qurol savdosi AQSh Vakillar Palatasi va Senatning Tashqi aloqalar qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?