Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi
Shaxmat boʻyicha 16-jahon chempioni, norveg grossmeysteri Magnus Karlsen joriy yil 4 yanvar kuni uylandi. Uning rafiqasi Ella Viktoriya Meloun hisoblanadi.

OAV ma'lumotiga koʻra, Ella Viktoriya Meloun Osloda tugʻilgan, kelib chiqishi norvegiyalik va amerikalik. U 26 yoshda boʻlib, Karlsendan 9 yosh kichik.

Eslatib oʻtamiz, toʻydan sal avval Nyu-Yorkdagi dramatik jahon chempionatida Magnus «jinsi mojarosi» tufayli rapid turnirini tark etgandi. Keyin dress-kod qoidalarini yumshatgan FIDE uni blits turniriga qaytargan va finalga qadar yetib borgan Magnus Karlsen yakunda chempionlikni Yan Nepomnyashiy bilan boʻlishib olgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar