23:13 / 06.01.2025
343

HAMAS 34 nafar isroillik asirni ozod qilishga tayyor

HAMAS 34 nafar isroillik asirni ozod qilishga tayyor
Foto: Flash90
Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitim doirasida ozod qilishga tayyor boʻlgan 34 nafar garovga olinganlar roʻyxatini tuzdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

HAMAS vakili suhbatda bitimni Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan olib chiqish boʻyicha kelishuvga erishilgan taqdirdagina amalga oshirish mumkinligini ta'kidladi. Shuningdek, guruh vaqtinchalik sulh emas, balki jangovar harakatlarni toʻliq toʻxtatishga erishmoqchi.

25 dekabr kuni HAMAS Isroilni qoʻshinlarni olib chiqish, oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olish bilan bogʻliq yangi shartlarni ilgari surishda ayblagan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aynan HAMAS avval kelishilgan shartlarga rioya qilishdan bosh tortayotgani kelishuvga erishishga toʻsqinlik qilayotganini aytgan.

Isroilning Ynet nashri ma'lumotlariga koʻra, tomonlar kelishuvning asosiy tafsilotlarini allaqachon kelishib olgan, ammo asosiy bahsli nuqta HAMAS birinchi bosqichda ozod qiladigan garovdagilar soni boʻlib qolmoqda.

HAMAS guruhi 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil janubiga hujum paytida 250 dan ortiq kishini garovga olgan. Muzokaralar davomida ularning bir qismi ozod qilingan. Isroil ma'lumotlariga koʻra, Gʻazoda 101 nafar garovga olinganlar qolmoqda, ulardan 51 nafari tirik ekani taxmin qilingan.

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Falastinning HAMAS harakati tomonidan oʻqqa tutilgan Netivot shahriga tashrifi chogʻida, agar harakat garovga olinganlarni ozod qilishni ta'minlamasa va Isroil hududini oʻqqa tutishni toʻxtatmasa, Gʻazoga kuchli zarbalar berish bilan tahdid qilgan edi.

Agar HAMAS garovdagilarning ozod etilishini ta'minlamasa va tez orada Isroilni oʻqqa tutishni toʻxtatmasa, Gʻazo uzoq vaqtdan beri koʻrmagan kuchli zarbalarga duchor boʻladi”, deydi mudofaa vaziri.

HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha birinchi kelishuv amalga oshirilganidan beri bir yildan koʻproq vaqt oʻtdi va shundan beri tomonlar vositachilar orqali qolgan garovga olinganlarning taqdiri boʻyicha turli darajadagi shiddat bilan muzokaralar olib bormoqda. Oxirgi haftalarda Qohira va Dohada vositachilik asosidagi muzokaralar faollashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo