KXDR «sosiskali shoʻrva» uchun odamlarni lagerlarga yuborishni boshladi

1 daqiqa o'qish494
KXDR «sosiskali shoʻrva» uchun odamlarni lagerlarga yuborishni boshladi
Foto: AP
Shimoliy Koreyada kelib chiqishi Janubiy Koreyadan boʻlgan budae-jige (sosiskali shoʻrva) tayyorlash taqiqlandi. Taqiqni buzganlar mehnat lagerlariga yuborilishi mumkin, deb yozdi The Sun shimoliy Yangan viloyatidagi bozor ishchisiga tayanib.

Budae-jige - Janubiy Koreyada ixtiro qilingan va juda mashhur boʻlgan sosiskali, goʻshtli va noʻxotli achchiq lagʻmon. 2017 yilda bu shoʻrva Shimoliy Koreyaga kirib bordi va tezda mashhur boʻldi.

Biroq, 2024 yilda Pxenyan budae-jigeni Janubiy Koreyadan kelib chiqqanligi sababli tayyorlashni taqiqladi. Uni koʻchada sotgan yoki uyda pishirgan har bir kishi mehnat lageriga tushib qolish tahdidi ostida qoladi.

«Bozorda budae-jige sotilishi toʻxtatildi. Politsiya va bozor ma'muriyati shoʻrvani sotayotganda qoʻlga tushganlar yopilishini aytdi», dedi sotuvchi ayol.

Shimoliy koreyaliklar dunyoning qolgan qismida ruxsat berilgan boshqa narsalar uchun ham jazolanishi mumkin. Masalan, yaqinda rasmiylar mamlakatda nikohdan ajrashish uchun qoʻllanadigan jazoni sezilarli darajada kuchaytirgan. Jumladan, ajrashish toʻgʻrisida ariza berilgandan soʻng, er-xotin 1 oydan 6 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

«Men Kimjongsuk okrugi xalq sudiga bordim... u yerda 12 oila ajrashishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Hukm chiqarilgandan soʻng, ular darhol tuman mehnat lageriga oʻtkazildi», dedi oʻz ismini oshkor qilishni istamagan Yangan viloyatida yashovchi fuqaro.

Ayolning aytishicha, 2020 yildan beri ajrashishlar soni tez sur'atlar bilan oshgan. COVID-19 pandemiyasi boshlanishi bilan butun mamlakat qamalga tushdi va koʻpchilik oilalarga pul topish juda qiyin boʻldi. Yomon iqtisodiy sharoitlar koʻplab nikohlarning buzilishiga olib keldi. Er-xotinlarning ajrashishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun hukumat ajrashganlarni jazolay boshladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?