
AQShning Los-Anjeles okrugi (Kaliforniya, AQSh)da roʻy bergan yongʻinlarda kamida besh kishi halok boʻldi. Bu haqda okrug sherifi Robert Luna ABC telekompaniyasiga ma'lum qildi.
Kaliforniya oʻt oʻchirish xizmati ma'lumotlariga koʻra, ushbu Los-Anjelesdagi yongʻinlar umumiy maydoni 10 ming gektardan oshgan va tinmay oʻsib boryapti. Mingdan ziyod bino-inshoot olovda kul boʻlgan. Hududdagi 930 mingdan ziyod iste'molchi elektrsiz qolgan.

AccuWeather konsultatsiya kompaniyasi Los-Anjelesdagi yongʻinlardan koʻrilgan zarar va iqtisodiy yoʻqotishlar 52-57 mlrd dollarga etishini hisoblab chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar