Kaliforniyaning Los-Anjeles shahri yaqinida sodir boʻlgan ulkan oʻrmon yongʻini sun'iy yoʻldosh tasvirlarida yaqqol koʻzga tashlandi. Ushbu tasvirlarda ulkan tutun plyumi koʻrinib, uning shamol ta'sirida katta masofaga tarqalayotgani kuzatilgan. Yongʻin oʻchogʻi shaharga yaqin joylashgani vaziyatning ogʻirligini yanada oshirmoqda.
Yongʻin 12 ming akrdan ziyod hududni qamrab olgan boʻlib, mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Mahalliy rasmiylar oʻt oʻchirish brigadalari yongʻinni nazoratga olishga harakat qilayotganini ta'kidlashdi. Ammo past namlik va kuchli shamol vaziyatni murakkablashtirmoqda.
Ekologlar bunday yongʻinlar Kaliforniyaning ekologik tizimiga jiddiy zarar etkazib, havoning ifloslanishiga olib kelayotganini qayd etmoqda. Mutahassislar xavf darajasi yuqoriligini va bunday favqulodda holatlarda ehtiyot choralarini koʻrish zarurligini ogohlantirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi