14:48 / 16.01.2025
85

“Azov” jangchilari Toresk yoʻnalishida 23 nafar rus askarini asir oldi

“Azov” jangchilari Toresk yoʻnalishida 23 nafar rus askarini asir oldi
“Azov” jangchilari Toresk yoʻnalishida 23 nafar rus askarini qoʻlga oldi. Bu haqda Ukraina Milliy gvardiyasi tarkibidagi brigada oʻzining Telegram kanalida ma'lum qildi.

Toresk yoʻnalishida asirga olingan rossiyalik harbiy xizmatchilardan biri
Foto: Videodan kadr

Xabar berilishicha, asirlar orasida oʻz ixtiyori bilan taslim boʻlganlardan tashqari, xandaq janglarida qoʻlga olingan va ertoʻlalardan topilganlar ham bor.

Rossiya qurolli kuchlarining bu askarlari omon qolish baxtiga muyassar boʻldi, ularning barchasi Toresk yoʻnalishidagi janglarda asirga olingan”, deb yozadi “Azov”.

Brigadaga koʻra, ular tegishli xizmatlarga topshiriladi. Ukrainaliklar ulardan kelgusida asirlarni ayriboshlash uchun foydalanishga umid qilyapti.

Ukraina askari rossiyalik harbiy asirlarni avtobusdan tushirmoqda.
Foto: Videodan kadr

Avvalroq Ukraina armiyasi Kursk viloyatida ikki nafar shimoliy koreyalik harbiyni qoʻlga olib, soʻroqqa tutgani ma'lum boʻlgandi.

UkrainaRossiya urushi

2022 yil Evropa markazida boshlangan keng miqyosli urush 1056 kundan buyon davom etmoqda. Tomonlar otashkesim ehtimoli haqida tobora koʻproq gapira boshlagan boʻlsa-da, jang maydonida buning aks-sadosi koʻrinmayapti. Eskalatsiya darajasi oshib bormoqda.

Mana shu kabi voqealar fonida Vladimir Putin Donald Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda nimalarni talab qilishi haqida taxminlar ilgari surildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo