
Foto: nypost.com
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp amerikalik taniqli kino yulduzlar va oʻzining uzoq yillik tarafdorlari — Silvestr Stallone, Mel Gibson va Jon Voytni koʻngilochar sanoatni “har qachongidan ham kuchliroq” qilish maqsadida Gollivudga maxsus elchilar etib tayinladi.

Silvestr Stallone
Foto: WireImage
10 ta “Oskar” nominatsiyasi va 3 ta “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan bu uch aktyor Gollivudda alohida oʻrin tutadi, chunki ularning qarashlari an'anaviy ravishda Demokratik partiyani qoʻllab-quvvatlovchi hamkasblarining aksariyatidan farq qiladi.
Tramp oʻzining Truth Social platformasida Jon Voyt, Mel Gibson va Silvestr Stallonening “Kaliforniyadagi buyuk, ammo jiddiy muammolarga duch kelayotgan Gollivudga maxsus elchilar etib tayinlanishini e'lon qilishni sharafli vazifa” ekanini yozdi.

Jon Voyt va Donald Tramp
Foto: The Independent
“Ular soʻnggi toʻrt yil ichida xorijlik raqobatchilar tufayli koʻp biznesini yoʻqotgan Gollivudni HAR QAChONGIDAN HAM KATTAROQ, YaXShIROQ VA KUChLIROQ qilib qaytarish uchun mening maxsus vakillarim boʻlishadi”, deydi siyosatchi.
Trampning qoʻshimcha qilishicha, ushbu “uch nafar gʻoyat iste'dodli shaxslar uning koʻzi va qulogʻi boʻladi hamda ular nimani taklif qilsa, shuni amalga oshiradi.
“Bu yana Amerika Qoʻshma Shtatlari kabi Gollivudning oltin davriga aylanadi!”, deya ta'kidladi Tramp.

Mel Gibson
Foto: Shutterstock “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar