Ukraina Davlat tergov byurosi Oliy Radaning bir necha chaqirigʻida deputat boʻlgan shaxsni davlatga xiyonat, diniy adovat va nafratni qoʻzgʻatishda gumonlanayotganini ma'lum qildi.
Byuro press-relizida gumonlanuvchining ismi keltirilmagan, ammo «Ukrainskaya pravda» va «RBK-Ukraina» manbalariga koʻra, gap oligarx Vadim Novinskiy haqida ketmoqda.
Novinskiy — Ukrainadagi eng yirik togʻ-metallurgiya kompaniyalaridan biri boʻlgan «Metinvest» egalaridan biri va mamlakatning eng badavlat tadbirkori Rinat Axmetovning biznes sherigidir.
Davlat tergov byurosi Novinskiyni «rus provoslav cherkovining Ukrainadagi kuratori» deb atamoqda. Tergov ma'lumotlariga koʻra, gumonlanuvchi 2014 yildan beri OAVdagi intervyulari, ommaviy chiqishlari, sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali Ukrainada ruslar «narrativlarini» targʻib qilib keladi. Xususan, deputat ukrain jamiyatida hukumatga qarshi kayfiyatni shakllantirish va Rossiya bosqinini oqlashga uringan.
«Rossiyaparast deputat rus provoslav cherkovi rahbari patriarx Kirill Gundyayevning koʻrsatmalarini bajargan, uzoq vaqt davomida u bilan qalin aloqada va uning ierarxik boʻysunuvida boʻlgan», — deyiladi idora xabarida.
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urush boshlangach, u deputatlik vakolatlarini topshirib, chet elga ketib qolgan. Shu bilan birga, Davlat tergov byurosiga koʻra, gumonlanuvchi «Ukraina suverenitetiga zarar etkazishga qaratilgan axborot ta'sirini davom ettirmoqda». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar