07:57 / 21.01.2025
260

Xalqaro jinoiy sud «eng yomon stsenariyga» tayyorlanmoqda

Xalqaro jinoiy sud «eng yomon stsenariyga» tayyorlanmoqda
Foto: Reuters
Xalqaro jinoiy sud (XJS) rahbariyati AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan tashkilot faoliyatini falajlab qoʻyadigan iqtisodiy sanktsiyalar joriy etishidan xavotirda. Bu haqda The Guardian oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

XJS Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun order berganidan keyin AQSh Vakillar palatasi Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ilgari sura boshlagan. Ammo sudning hisoblashicha, Tramp qonun loyihasini kutib oʻtirmasdan, bu ishni tezlashtirib yuborishi mumkin.

The Guardian suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, XJS sanktsiyalar alohida shaxslarga qaratilgan choralarga qoʻshimcha boʻladigan «eng yomon stsenariyga» tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, manbalarning fikricha, sanktsiyalar sud uchun oʻz faoliyatini davom ettirishda kerak boʻladigan xizmatlarni bloklashga qaratiladi. Xususan, bank va toʻlov tizimlari, IT-infratuzilma va sugʻurta kompaniyalariga tegishli ma'lumotlarni qoʻlga kiritish cheklanadi.

Nashrning ayrim manbalarini ta'kidlashicha, sud faoliyatida Microsoft Azure bulutli platformasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va undan foydalanishga cheklov qoʻyilishi tergovlar ishini falajlaydi. «Biz barcha dalillarimizni bulutda saqlaymiz», — deydi gazeta suhbatdoshi.

The Guardian’ning qayd etishicha, XJS faoliyatini qiyinlashtirish Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun berilgan orderlarni qaytarib olish uchun harakat hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo