20:04 / 21.01.2025
237

Donald Tramp: “Qonuniy migrantlarga qarshiligim yoʻq” (video)

Donald Tramp: “Qonuniy migrantlarga qarshiligim yoʻq” (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp qonuniy migrantlarga nisbatan e'tirozi yoʻqligini aytdi.

“Men bunga qarshi emasman. Qonuniy migratsiyaga e'tirozim yoʻq. Bizga ishchi kuchi kerak. Men bunga yaxshi munosabatdaman. Migrantlarga ehtiyojimiz bor. Turli bojlardan qochish uchun AQShga koʻplab kompaniyalar keladi.

Agar siz katta bojlarni toʻlashni xohlamasangiz, oʻzingizning zavodingizni AQShda qurishingiz kerak. Shuning uchun bizning yurtga koʻplab ishchilar keladi”, dedi Tramp.

Avvalroq AQSh prezidenti chegaradagi barcha noqonuniy oʻtish joylari yopilishini ma'lum qilgandi.

U AQSh millionlab jinoyatchilarni oʻzlari kelgan mamlakatlarga qaytarish jarayonini boshlashini aytdi. “Meksikada qoling” dasturi esa tiklanadi, uning doirasida AQShdan boshpana izlayotgan odamlar Meksikaga kirish uchun ruxsat berilishini kutishi kerak boʻladi.

Shuningdek, Tramp “bosqinchilikni toʻxtatish” uchun janubiy chegaraga amerikalik harbiylarni yuborishga va'da berdi. U Meksika kartellari xalqaro terrorchilik tashkiloti sifatida tan olinishini aytdi.

Bundan tashqari, Tramp tugʻilganlik huquqi asosida xorijliklarga fuqarolik berishni bekor qiluvchi farmonni ham imzoladi.

Fuqarolik va immigratsiya huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar koalitsiyasi allaqachon farmon tufayli Tramp ma'muriyati ustidan sudga murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo