19:53 / 23.01.2025
611

Prokuror «Tolibon» rahbarini hibsga olish uchun order soʻradi

Prokuror «Tolibon» rahbarini hibsga olish uchun order soʻradi
Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon «Tolibon»harakati oliy rahbari va Afgʻoniston amiri Haybatulloh Oxunzodani hibsga olish uchun order berish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritdi.

Shunga oʻxshash soʻrov mamlakat bosh sudyasi Abdul Hakim Haqqoniyga nisbatan ham kiritildi.

XJS ularni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topishi mumkin.

«Ular (Haybatulloh Oxundzoda va Hakim Haqqoniy) afgʻon qizlari va ayollarini ta'qib qilganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak», — deyiladi xabarda.

Nashrning qayd etishicha, Afgʻonistonda davom etayotgan ta'qiblar koʻplab inson huquqlari buzilishiga olib kelgan. Tolibonga qarshilik shafqatsizlarcha, jumladan, qotillik, qamoq va qiynoqlar orqali bostirilgani iddao qilinmoqda. XJS aniqlik kiritishicha, inson huquqlari buzilishi 2021 yil 15 avgustdan beri sodir etilgan.

Haybatulloh Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyni hibsga olish uchun order berish haqidagi arizalar Tolibonga qarshi ilk ariza ekanligini aytilmoqda. Tez orada harakatning boshqa vakillariga nisbatan qoʻshimcha soʻrovlar yuboriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo