06:00 / 25.01.2025
157

Donald Trampga uchinchi muddatga saylanishga ruxsat berish taklif qilindi

Donald Trampga uchinchi muddatga saylanishga ruxsat berish taklif qilindi
AQSh prezidenti Donald Trampning Kongressdagi yaqin tarafdorlaridan biri uni uchinchi prezidentlik muddatiga saylash imkonini qonunda rasmiylashtirishni taklif qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Tennessi shtatidan saylangan kongressmen Endi Ogls mazkur tashabbusning muallifi boʻlib, u prezidentga uch muddatga saylanishga ruxsat beradigan Konstitutsiyaga tuzatish kiritishni taklif qilgan. Ammo bu uch muddat ketma-ket emas, balki ikki ketma-ket muddatdan oshmasligi nazarda tutilgan.

Hech kim prezident lavozimiga uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas, shuningdek, ketma-ket ikki muddatdan keyin qoʻshimcha saylanishi mumkin emas...” — deb yozilgan hujjatda.

Ma'lumki, 1951 yilda AQSh Konstitutsiyasining 22-tuzatigʻi qabul qilingan, unga koʻra shaxs ikki muddatdan ortiq prezident boʻla olmaydi.

Endi Ogls oʻz tashabbusini izohlar ekan, Donald Trampni “zamonaviy tarixda millatni inqirozdan qutqarish va Amerikani buyuklikka qaytarishga qodir yagona lider” deb atagan. Shu sababli, uning fikricha, Trampga uchinchi marta prezidentlik lavozimiga saylanish imkoniyati berilishi kerak.

2024 yil oxirida Trampning oʻzi ham respublikachilarga uchinchi muddat haqida gapirgan, ammo bu bayonot jiddiy qabul qilinmagan edi.

Shu bilan birga, Oglsning taklifi amalga oshishi uchun AQSh Konstitutsiyasiga tuzatish kiritish zarur. Bu esa qiyin va koʻp bosqichli jarayon boʻlib, tuzatishni taklif qilish va uni ratifikatsiya qilishni oʻz ichiga oladi. Bunday oʻzgartishlar faqat federal va mintaqaviy darajada keng qoʻllab-quvvatlangan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Jarayonning murakkabligi Konstitutsiyaga har qanday oʻzgarishlar yuzasidan keng konsensus talab qilinishini ta'minlashga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo