Foto: Shutterstock
Antarktida muzliklaridan ajralib chiqqan dunyodagi eng katta A23a aysbergi oʻtgan bir yil davomida oʻz maydonining 9 foizidan ayrildi. Bu haqda Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti ma'lum qildi.
«Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi Janubiy Jorjiya orollaridan taxminan 300 kilometr uzoqlikda suzishda davom etmoqda. Soʻnggi vaqtlarda muzlar erishi natijasida aysberg oʻlchami sezilarli darajada kamaydi, 2023 yil noyabrdan beri u maydonining qariyb 9 foizini yoʻqotdi. 2025 yilning dastlabki ikki haftasida aysberg haqiqatdan ham Janubiy Jorjiya orollari yoʻnalishida harakatlandi. Ammo soʻnggi haftada A23a yoʻnalishini gʻarb tomon oʻzgartirdi. Uning keyingi trayektoriyasi shamol va okean oqimlariga bogʻliq boʻladi, biroq u orollar yaqinidan suzib oʻtishi mumkin», — deyiladi xabarda.
A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib chiqqan, biroq koʻp oʻtmay Veddell dengizi «tiqilib qolgan». Oʻttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib, u yana harakatlanishni boshlagan. Aprel boshlarida A23a Antarktidaning tsirkumpolyar oqimiga kirgan edi — bu Er yuzidagi barcha daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar koʻproq suvni aylantiradigan ulkan kuch hisoblanadi. Oʻtgan yilning dekabr oʻrtalarida A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan chiqib, Janubiy okean tomon harakatlanishni boshlagani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.
Soʻnggi baholashlarga koʻra, aysberg maydoni 3672 kvadrat kilometrni tashkil etmoqda, ogʻirligi esa 1 trillion tonna. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar