Oskar Jenkins
Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida jang qilgan Avstraliya fuqarosi Oskar Jenkins Rossiya tomonidan asirga olingan. Bu haqda Avstraliya TIV rahbari Penni Vong ma'lum qildi.
«Avstraliya hukumati Rossiyadan Oskar Jenkins tirik va hibsda ekani boʻyicha tasdiqlov oldi», — deydi tashqi ishlar vaziri.
Vongning ta'kidlashicha, hukumat Jenkinsning taqdiridan «jiddiy xavotirda» va allaqachon Moskvaga harbiy asirlar bilan xalqaro gumanitar huquqlarga mos ravishda munosabatda boʻlish kerakligini bildirgan.
TIV rahbarining aytishicha, Avstraliya hukumati Rossiyani Jenkinsni ozod etishga chaqiradi. «Agar Rossiya Jenkinsga xalqaro gumanitar huquqlarga mos ravishda himoya taqdim etmasa, bizning javobimiz aniq boʻladi», — deya qoʻshimcha qiladi u.
The Guardian’ning qayd etishicha, Jenkins qanday sharoitda saqlanayotgani toʻgʻrisida ma'lumot juda kam. Rossiya tomoniga koʻra, avstraliyalik RF hududida hibsda saqlanmoqda, uning sogʻligʻi esa «normal» deya baholangan.
Dekabr oyida «voyenkor» Aleksandr Sladkov rossiyalik harbiylar avstraliyalik asir bilan muloqot qilgani va uni bir necha bor urgani tasvirlangan videoni e'lon qilgandi. Erkak oʻzini 32 yoshli biologiya oʻqituvchisi Oskar Jenkins deb tanishtirgan. U Avstraliya va Ukrainada yashashini bildirgan.
15 yanvar kuni ABC telekanali Jenkins oʻldirilgan boʻlishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Jurnalistlar bunda UQK tarkibida jang qilayotgan boshqa xorijliklarga tayangan. Ushbu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar