Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi

2 daqiqa o'qish710
Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
1 fevral tongida Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi. Raketalar va dronlar Poltava, Xarkiv va Zaporijjyadagi turar joylarga zarar yetkazgan. Zaporijjya, Odessa, Sumi, Xmelniskaya va Kiyev oblastlari ham zarbalar ostida qolgan.

Poltavada Rossiya raketasi besh qavatli uyga kelib urilishi oqibatida halok boʻlganlar soni 14 kishiga yetdi, ular orasida ikki bola ham bor, deb xabar bergan Ukraina favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat xizmati.
Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Ukrainalik qutqaruvchilar Poltavada Rossiya raketasi kelib tushgan turar joy atrofida. 2025 yil 1 fevral
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Yana 17 kishi jarohatlangan, ulardan toʻrt nafari bolalar, deyiladi FVDX xabarida. 22 kishi xarobalar orasidan chiqarib olingan.

Qurbonlardan biri — aktrisa Anastasiya Kolvax. Bu ma'lumotni u ishlagan «Zamonaviy muloqot teatri» tasdiqlagan.

Tarqalgan foto va videolarda zarba besh qavatli uyning pod'ezdini toʻliq yakson etganini koʻrish mumkin. Xarobalar ostida odamlar qolayotgan boʻlishi mumkin.

Vayronalarni tozalash va qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Voqea joyida 460 dan ortiq qutqaruvchi, kuchishlatar tuzilmalar va kommunal xizmatlar xodimlari ishlamoqda.

«Qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Voqea joyida barcha zarur xizmatlar ish olib bormoqda, qutqarishmoqda va zarur yordamlar koʻrsatilmoqda», — deya Poltavadagi voqealarga munosabat bildirgan prezident Volodimir Zelenskiy.

Zelenskiy bu zarbalarni «navbatdagi terrorchilik jinoyati» deb atagan va yana bir bor gʻarblik hamkorlarni mamlakatni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga, jumladan, qoʻshimcha havo hujumidan mudofaa vositalari yetkazib berishga chaqirgan.

Poltava boʻylab zarbalar shanbaga oʻtar kechasi boshlanib, tongga qadar davom etgan, butun Ukraina boʻylab dronlar va raketalar orqali yopirilma hujum uyushtirilganida roʻy bergan.

Rossiya qoʻshini bu vaqt davomida Poltava oblastiga bir necha bor hujum uyushtirgan.

Poltava oblasti harbiy ma'muriyati Mirgorod rayonidagi energetika infratuzilmalari shikastlangani, natijada 160 dan ortiq xonadon elektr ta'minotidan uzilganini ma'lum qilgan.
Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Mahalliy aholi vakillari Poltavaga raketa zarbasi oqibatlari bartaraf etilishi jarayonini kuzatmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Ukrainalik qutqaruvchilar Rossiya raketasi Poltavadagi koʻp qavatli uyga kelib urilishi oqibatida halok boʻlgan kishi jasadi bilan
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Vladyslav Boiko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Poltava boʻylab raketa zarbasi oqibatida shikastlangan yengil avtomobillar
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Ukrainalik qutqaruvchilar Poltavada Rossiya raketasi urilgan uydan odamlarni chiqarib olmoqda
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Poltavada Rossiya raketasi urilgan besh qavatli uy aholisi vakillari
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Qutqaruvchilar Rossiyaning Poltavaga raketa zarbasi qurboni boʻlgan kishi ustini yopmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari boʻylab havo zarbalari yoʻlladi
Rossiyaning Poltava boʻylab raketa zarbasi oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?