Britaniya matbuoti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugash sanasini aytdi

1 daqiqa o'qish2.8K
Britaniya matbuoti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugash sanasini aytdi
Britaniyaning Daily Mail nashri AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish rejasini ishlab chiqqani haqida xabar berdi. Nashrga ko‘ra, Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Pasxagacha Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi qilishga harakat qiladi.

Manbaga ko‘ra, siyosiy va diplomatik doiralarda 20-aprelgacha sulh e’lon qilish rejalari muhokama qilinmoqda. Ushbu reja Rossiyaning Ukrainadagi hujumlarini to‘xtatishni, Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lishni taqiqlashni va Kievdan Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlarni tan olishni talab qiladi.

Shuningdek, Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyatidan chekinishi kerak bo‘ladi. Yevropa harbiy kontingenti demilitarizatsiya hududini qo‘riqlaydi, lekin AQSh qo‘shinlari bu jarayonda ishtirok etmaydi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqidan Ukrainani tiklash uchun 486 milliard dollar miqdorida yordam so‘ralishi kutilmoqda.

Tinchlik jarayoni fevral boshida Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbatidan boshlanib, mart oyida yuzma-yuz uchrashuv bilan davom etishi va 9-maygacha rasmiy sulh e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Biroq, Zelenskiy ma’muriyati ushbu reja borligini rad etmoqda. Prezident idorasi rahbari Andrey Yermak bu xabarlarni “asossiz mish-mish” deb atadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?