11:17 / 15.02.2025
418

Zelenskiy: AQSh harbiy yordamisiz Kiyevning omon qolishi qiyin masala

Zelenskiy: AQSh harbiy yordamisiz Kiyevning omon qolishi qiyin masala
Foto: Getty Images
Ukrainaning AQSh harbiy yordamisiz omon qolishi «juda, juda, juda qiyin» boʻladi — hozir ham, u Rossiyaning keng koʻlamli bosqinini qaytarishga harakat qilayotganida ham, kelajakda, urush tugaganidan keyin ham. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 fevral, shanba kuni NBC News telekanali oʻz saytida e'lon qilgan Meet the Press dasturiga bergan intervyusida shu haqda gapirdi. Suhbat xavfsizlik anjumani oʻtayotgan Myunxenda yozib olingan.

Zelenskiy boshlovchi Kristen Uelkerga: «Amerika koʻmagisiz Rossiya bilan jang qilish haqida oʻylashni xohlamayman» dedi. «Biz (AQSh bilan) strategik sherik boʻla olmaymiz deb oʻylashni istamayman», — deya qoʻshimcha qildi u.

Zelenskiy: Putin oʻt ochishni toʻxtatish fonida ba'zi sanktsiyalarni olib tashlashga erishmoqchi

Zelenskiy, agar Qoʻshma Shtatlar unga harbiy yordam koʻrsatishda davom etmasa, Kiyev kelajakda Rossiyaning navbatdagi yirik hujumiga duchor boʻlishini aytdi. Ukraina rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokara stoliga urushni tugatish uchun emas, balki Rossiyaga qarshi ba'zi xalqaro sanktsiyalarni bekor qiladigan va harbiy kuchlarining qayta toʻplanishiga imkon beradigan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishmoqchi.

«U (Putin) haqiqatan ham shuni xohlaydi. U tanaffus qilishni, tayyorgarlik koʻrishni, mashgʻulotlarni oʻtkazishni, oʻt ochishni toʻxtatish fonida ba'zi sanktsiyalarni olib tashlashni xohlaydi», — deya ishonch bildirdi Ukraina davlati rahbari.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo