23:59 / 15.02.2025
373

Tramp: Xitoyga rekord darajadagi import bojlari joriy qildim

Tramp: Xitoyga rekord darajadagi import bojlari joriy qildim
© AP Photo / Ben Curtis
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga umumiy qiymati 600 milliard dollarlik import bojlari joriy qilganini ma'lum qildi, bu boshqa Amerika etakchilari davridagidan koʻproq.

“Men Xitoyga 600 milliard dollarlik juda muhim bojlar kiritdim. Hech bir boshqa prezident bunchalik miqdorda boj kiritmagan”, - dedi u Oq uyda jurnalistlarga.

Payshanba kuni Xitoy Savdo vazirligi Vashingtonning xatti-harakatlari “bir tomonlama va protektsionizmning odatiy koʻrinishi” ekanligini aytdi. Shuningdek, AQShni koʻp tomonlama savdo tizimining toʻgʻri yoʻliga qaytishga va “nol summa oʻyini” mentalitetidan voz kechishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo