Oʻnlab rossiyalik oligarxlar sanktsiyalardan qutulishga muvaffaq boʻldi

1 daqiqa o'qish1.6K
Oʻnlab rossiyalik oligarxlar sanktsiyalardan qutulishga muvaffaq boʻldi
Arkadiy Voloj Foto: Dmitriy Astaxov / TASS
Oʻnlab rossiyalik milliarderlar sanktsiyalarning olib tashlanishiga erishdi. Cheklovlardan qutulishga muvaffaq boʻlganlar Rossiya bilan barcha aloqalarini uzgan, yashash joyini oʻzgartirgan va Rossiyada biznes yuritmasligini isbotlagan.

RTVI nashrining yozishicha, milliarder Dmitriy Pumpyanskiy rafiqasi Galina va oʻgʻli Aleksandr bilan birgalikda sanktsiyalardan xalos boʻlgan. Poygachi Nikita Mazepin «Uralxim» ​​kompaniyasiga egalik qiluvchi otasi Dmitriy Mazepin biznesiga aloqasi yoʻqligini isbotlagan.

Bir qancha tadbirkorlar sud orqali sanktsiyalarning bekor qilinishiga erishgan:

- Dmitriy Konov - «Sibur» kompaniyasining sobiq rahbari;
- Vladimir Rashevskiy - «Yevroxim» kompaniyasining sobiq rahbari;
- Sergey Mndoyans - «AFK Sistema» kompaniyasining sobiq top-menejeri;
- Aleksandr Shulgin - «Ozon» kompaniyasining sobiq rahbari.

Bundan tashqari, rossiyalik ishbilarmonlarning ba'zi qarindoshlari ham muvaffaqiyatga erishgan:

- Pavel Yezubov - sanktsiyalar ostidagi Oleg Deripaska amakivachchasi;
- Mayya Tokareva — sanktsiyalar ostidagi «Transneft» rahbarining qizi;
- Violetta Prigojina - «ChVK Vagner» asoschisi, marhum Yevgeniy Prigojinning onasi.

Bundan tashqari, 2023 yilda «Yandeks» sobiq rahbari, 2014 yildan beri Isroilda yashab, urushga qarshi ochiq bayonot bilan chiqqan Arkadiy Voloj sanktsiyalar roʻyxatidan chiqarilgan.

Shuningdek, ESN guruhi va RBK mediaxolding egasi Grigoriy Berezkin, «Nortgaz» sobiq egasi Farhod Ahmedov va milliarder Alisher Usmonovning singlisi Saodat Narziyevaga nisbatan cheklovlar olib tashlangan. Ayni vaqtda Usmonov va uning yana bir opasi Gulbahor Ismoilovaga nisbatan sanktsiyalar kuchda qolmoqda.

Qayd etilishicha, Kanada ham ayrim rossiyaliklarga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilgan. Shunday qilib, «Sberbank» raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Lev Xasis, uchta sobiq top-menejerlari: Natalya Alimova, Aleksandra Buriko va Sergey Maltsev ham sanktsiyalardan xalos boʻlgan.

Nashrning ta'kidlashicha, har ikki arizaning biri sud tomonidan qanoatlantirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?