
22 fevral kuni Yerda magnit bo‘roni kuzatildi, deb xabar bermoqda Meteonova ma’lumotlariga tayanib.
Hisobotga ko‘ra, geofizik tebranishlar kuchi 4 ballga yetgan. Ammo 23 fevraldan boshlab magnit to‘lqinlar ta’siri kamayib, kuchi 2 ballgacha tushishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday magnit bo‘ronlari yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan insonlarga ko‘proq ta’sir qiladi. Shuningdek, ob-havo ta’siriga sezgir bo‘lgan va meteopatiya alomatlarini (ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq og‘riqlar) boshdan kechiradigan kishilar ham ehtiyot bo‘lishlari lozim.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar