
Fridrix Mers Foto: REUTERS / Kai Pfaffenbach
Germaniya Federal saylov komissiyasi saytida 24 fevral, dushanbaga oʻtar kechasi e'lon qilingan ma'lumotlarga koʻra, Fridrix Mers boshchiligidagi konservativ XDI/XSI bloki 28,6 foiz ovoz bilan Bundestagga boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari saylovlarda gʻalaba qozondi.
Oʻta oʻng «Germaniya uchun muqobil» (GuM) 20,8 foiz ovoz bilan ikkinchi, soʻl markazchi Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) esa 16,4 foiz ovoz bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Toʻrtinchi oʻrinni «Ittifoq-90/yashillar»ning soʻl liberallari (11,6 foiz ovoz), beshinchi oʻrinni Soʻl partiya (8,8 foiz) qoʻlga kiritdi.
Liberal erkin demokratik partiya (ErDP) va soʻl populist Sara Vagenknext Ittifoqi (SVI) Bundestagga kira olmadi. Saylov komissiyasi ma'lumotlariga koʻra, birinchisi bor-yoʻgʻi 4,3 foiz, ikkinchisi esa 4,972 foiz ovoz toʻplagan, parlamentga kirish chegarasi 5 foizni tashkil qilgan.
XDI/XSI va GSDP mandatlari «katta koalitsiya»ni shakllantirish uchun etarli boʻlishi kerak
Shunday qilib, XDI/XSI va GSDP oladigan mandatlar hukmron «katta koalitsiya»ni shakllantirish uchun etarli boʻlishi kerak.
Shu bilan birga, Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols 23 fevral kuni Fridrix Mers va XDI/XSI bloki bilan koalitsiya tuzish boʻyicha muzokaralarni shaxsan oʻtkazmasligini va yangi hukumat tarkibiga qoʻshilmasligini ma'lum qildi. «Men kanslerlikka nomzodimni qoʻygandim», — deya xulosa qildi u. Bild tabloidi uning soʻzlarini iste'foga chiqishiga ishora sifatida talqin qildi.
Fridrix Mers 2025 yil 21 aprel, Pasxagacha yangi nemis hukumatini tuzishga va'da berdi. Siyosatchi unga kimlar qoʻshilishi mumkinligi haqida gapirishdan bosh tortdi, lekin uning partiyasi GuM bilan birga mamlakatni boshqarmasligini ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar