
Foto: TASS
Moskva viloyatida «Krasniy kit» savdo markazida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza. Ta’kidlanishicha hodisa oqibatida uch kishi jarohat olgan.
Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 mart kuni soat 17:30 larda otishma yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif buyuruvchilardan biri savdo markazining uchinchi qavatida qo‘riqchilar tomonidan shubhali qora quti ko‘tarib olgani uchun to‘xtatilganida janjallashib qolgan.
Qo‘riqchilar ushbu fuqaroga nisbatan elektroshoker qo‘llagan, u bo‘lsa travmatik to‘pponchadan o‘q uzishni boshlagan. Guvohlar kamida oltita o‘q ovozini eshitganliklarini bildirgan. Savdo markazida bo‘lgan fuqarolar zahira yo‘lagi orqali zudlik bilan binoni tark etgan. Hodisa oqibatida uch kishi, jumladan, o‘t ochgan shaxsning o‘zi va qo‘riqchi jarohat olgan.
Telegram'dagi Baza kanalining yozishicha, to‘pponchadan o‘q uzgan erkakning shaxsi aniqlangan. U 24 yoshli Danil Potexin bo‘lib, hozirda qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar